Rinkon: "Vinisius bilan "Real" o'z yo'lidan adashdi"
29 dek 2025 19:29
Yangiliklar
Rinkon: "Vinisius bilan "Real" o'z yo'lidan adashdi"
Madridning "Real" jamoasi sobiq hujumchisi Ipolito Rinkon Vinisius jamoaning natijalari va o'yiniga, shuningdek, jamoa ichidagi muhitga salbiy tasir ko'rsatayotganini takidladi.
Avvalroq braziliyalik hujumchining klub bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ishlashga moyil emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ilgari jamoada tartibni saqlab turadigan sardorlar bor edi. Klub hamma narsadan ustun qo'yilardi. Di Stefano, Ronaldu va Raul ketdi, ammo "Real" o'z yo'lini davom ettirdi. Vinisius bilan esa ular yo'ldan adashdi", – dedi Rinkon.

Vinisius 2025/2026 yilgi mavsum 30 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning bozordagi qiymati 150 mln evro deb baholanmoqda.
So'nggi o'yinlarda braziliyalik futbolchining harakatlaridan jamoa muxlislari ham norozi bo'lib, uni hushtaklar bilan kuzatib qo'ygan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar