"Neftchi" Championat.asia da chiqqan xabarga munosabat bildirdi
29 dek 2025 22:31
Yangiliklar
"Neftchi" Championat.asia da chiqqan xabarga munosabat bildirdi
Oldinroq saytimizda, "Neftchi" azolariga chempionlik uchun iPhone sovg'a qilingani borasida yangilik elon qilingan edi.
"OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Neftchi” futbol klubi azolariga chempionlik uchun iPhone sovg'a qilingani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritishni lozim deb bilamiz.
Malum qilamizki, futbolchilarga iPhone sovg'a qilingani haqiqat. Biroq ushbu sovg'alar O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritganlik uchun bonus sifatida emas, balki Yangi yil bayrami munosabati bilan klub homiylari tomonidan taqdim etilgan, yangi yil sovg'asi hisoblanadi.
Shu bilan birga, chempionlik uchun belgilangan moliyaviy bonus mablag'lari futbolchilarning shartnomalarida ko'rsatilgan tartib va miqdorlarda to'liq ravishda to'lab berilgan. iPhone sovg'alarining mazkur bonuslar bilan hech qanday bog'liqligi yo'qligi alohida takidlanadi.
“Neftchi” futbol klubi o'z faoliyatida doim ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladi hamda futbolchilar oldidagi barcha shartnomaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarib kelmoqda.
Jamoatchilik va muxlislarimizni faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqiramiz" - deyiladi "Neftchi" bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar