Futzal. AGMKning Eron chempioniga qarshi bahsini "Sport TV" jonli ko'rsatadi
15 avg 2019 11:32
Yangiliklar


Futzal. AGMKning Eron chempioniga qarshi bahsini "Sport TV" jonli ko'rsatadi
Kecha mamlakatimiz chempioni AGMK chorak finalda Tailand chempioni "Port FK"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. SHu tariqa, Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar o'z tarixlarida birinchi marta ushbu musobaqaning 1/2 finaliga yo'l olishdi. Yarim finalda AGMKning raqibi Eron chempioni "Mes Sungun" klubi bo'lishidan xabaringiz bor.
Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. Demak, muxlislar AGMKning o'yinini jonli ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, "Sport TV" "Tay Son Nam" - "Nagoya Oushens" to'qnashuvini ham jonli ko'rsatadi.
AGMK ishtirokidagi yarim final bellashuvidan onlayn translyaciyani "championat.asia" saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.
Futzal
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
Yarim final. 15.08.2019
13:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "Nagoya Oushens" (Yaponiya) LIVE
16:00. AGMK (O'zbekiston) - "Mes Sungun" (Eron) LIVE
P.S. Uchrashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar