Futzal. AGMKning Eron chempioniga qarshi bahsini "Sport TV" jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
15 avg 2019, 11:32
Bugun futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Kecha mamlakatimiz chempioni AGMK chorak finalda Tailand chempioni "Port FK"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar o'z tarixlarida birinchi marta ushbu musobaqaning 1/2 finaliga yo'l olishdi. Yarim finalda AGMKning raqibi Eron chempioni "Mes Sungun" klubi bo'lishidan xabaringiz bor.

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. Demak, muxlislar AGMKning o'yinini jonli ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, "Sport TV" "Tay Son Nam" - "Nagoya Oushens" to'qnashuvini ham jonli ko'rsatadi.

AGMK ishtirokidagi yarim final bellashuvidan onlayn translyatsiyani "championat.asia" saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

Yarim final. 15.08.2019

13:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "Nagoya Oushens" (Yaponiya) LIVE

16:00. AGMK (O'zbekiston) - "Mes Sungun" (Eron) LIVE

P.S. Uchrashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia