So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  14 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Futbolni qutqarmoqchi bo'layotgan Bundesliga va germaniyalik jonkuyar muxlislarning ajabtovur chellenji - Koronavirus Germaniya futboliga qanchalik tasir qilgani haqida Yangiliklar

Futbolni qutqarmoqchi bo'layotgan Bundesliga va germaniyalik jonkuyar muxlislarning ajabtovur chellenji - Koronavirus Germaniya futboliga qanchalik tasir qilgani haqida

Evropada futbol to'xtaganiga 1 oydan oshdi. Koronavirus pandemiyasi tasiri jahon futbolini to'xtatib qo'ygan.

Barcha karantinda, futbollar yo'q. Hozircha sayt, televidenie va boshqa tarmoqlar nostalgiya bilan ovuntirib turibdi. Bilasiz, Evropada koronavirus pandemiyasi nisbatan Germaniyada ortiqcha talofatlarsiz o'tmoqda. Yani, nemis tibbiyoti bu borada ancha ilg'or ishlarni amalga oshirmoqda. Italiya, Ispaniya va Angliyada esa holat Germaniyadan ko'ra qiyinroq kechmoqda.

Yaqinda matbuotda futbol ishqibozlarini quvontirgan, karantinda zerikib qolgan muxlislarga xush yoqqan xabar tarqaldi. Yani, Germaniya Bundesligasi tez orada qayta tiklanishi haqida. To'g'ri, Germaniya huqumati 31 avgustga qadar mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlarni bekor qildi. Lekin bu taqiq Bundesligani davom ettirilishiga to'siq bo'lmasligi va chempionat o'yinlari muxlislarsiz o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Taxminiy start may oyi boshlariga mo'ljallanmoqda.

Keling, hozir koronavirus pandemiyasi Germaniya futboliga qanchalik tasir qilgani haqida atroflicha to'xtalamiz. Umid qilamanki, zerikib qolmaysiz. CHunki bu erda inqiroz ko'chasidagi Germaniya futbolidan tortib, uning fantastik muxlislarining jonkuyarligi hamda futbolga bo'lgan hurmat va mehrini qanchalik yuqori ekanligiga guvoh bo'lasiz.


Koronavirusning Germaniya klublariga keltirayotgan xavf haqida: Inqiroz ko'chasidagi 13 jamoa

Nemis matbuotining otaxon va ishonchli nashri "Kicker"ning xabariga ko'ra, Germaniyaning 1,2 Bundesligasi va regional liga jamoalariga inqiroz xavf solmoqda. Agarda chempionat davom ettirilmasa, ikkinchi Bundesliganing 7 klubi o'z futbolchilari hamda xodimlariga ish haqi to'lash imkoniyatidan mahrum bo'ladi. SHuningdek, yana ikki klub iyunda shunday holatga tushish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Birinchi Bundesligadagi ko'plab klublar koronainqirozdan juda katta talofat ko'rmasliklari mumkin. Lekin bazi istisnolar mavjud. Masalan, yuqori elitadagi 4 klub inqiroz xavfi oldida turibdi. Mazkur klublarning asosiy daromad manbai o'yinlar chiptasidan tushadigan mablag', atributkalar sotuvi, o'yin kuni muxlislarning stadionda amalga oshiradigan xaridlari: egulik va ichimliklar hamda katta qismi teletranslyaciyalar orqali tushadigan foyda.

Masalan, "SHalke"da juda katta moliyaviy muammolar yuzaga kelgani haqida "Sportschau" gapirmoqda. Mazkur holatdan so'ng Germaniya klublari xo'jayinlari klub akciyasidagi "50+1" qoidasi haqida ko'plab chiqishlarni boshlab yuborishgan. Bu qoidaga ko'ra, klub sarmoyadorlari jamoaning 49% ulushidan ko'piga egalik qila olishmaydi. "Kyoln" sport direktori Xorst Xeldt mazkur inqirozli paytda tizimdagi bu qoidani qayta ko'rib chiqish kerakligini taklif etmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Germaniyada ananalar doim ustun turadi. SHu boisdan ham muxlislar sheyxlar va oligarxlar tomonidan klublar sotib olinishiga qarshi chiqishadi. Bazi nemis klublarini sotib olishga qiziqayotgan oligarxlar va sheyxlar esa Bundesliga klublarining inqirozli davri ularga to'siq bo'lib kelayotgan taqiqni vaqtincha yo'q bo'lishini kutishmoqda. "Bavariya" klubi ham agarda qoida o'zgartiriladigan bo'lsa, klubda sarmoyadorlar ulushini ko'paytirishga qarshi emas.



Virtual eguliklar va ichimliklar yoxud ajabtovur muxlislar

Bazi nemis klublari inqirozdan qutilib qolishning original va g'alati usulini, hozirga kunda moda bo'lgan noodatiy chellenj o'ylab topishdi. Aniqrog'i, germaniyalik futbol ishqibozlari karantin davrida o'z suyukli jamoalariga qo'ldan kelganicha yordam berishga harakat qilishmoqda va virtual egulik hamda ichimliklarga real pul to'lagan holda changib qolgan klub g'aznasini boyitish tashabbusi bilan chiqishdi. Masalan, "Union" Berlin klubi muxlislari internet orqali virtual ichimlik va eguliklarni 2,5 evrodan sotib olishlari mumkin. Klub muxlislar tashabbusini iliq kutib olib, rasmiy saytida ushbu virtual savdoni yo'lga qo'ydi va bu orqali pul ishlashga o'tdi.

Bunday original g'oyalar davom etmoqda. Masalan, Germaniya 4-divizoni vakili "Lokomotiv Leypcig" klubi o'z ishqibozlariga ko'rinmas raqibga qarshi o'yin chiptasini 1 evrodan xarid qilishni taklif qilishdi. Bu tashabbusni jamoa muxlislari xayrixohlik bilan qabul qilib, hozirgacha 100000 chipta sotishga erishdi. Yani, klub marketologlari yo'q joydan g'alati akciya elon qilib, g'aznani 100 ming evroga boyitdi va bu ko'rsatkich kundan-kun o'smoqda. Ishoning, 4-divizion klubi uchun bu so'mma yomon emas.

SHuningdek, "Rot-Vayss Essen" klubi o'z muxlislariga internet orqali chipta sotib olishni taklif qildi. Ular ko'rinmas yoki yo'q raqibga qarshi emas, balki "FK Korona" degan jamoa bilan o'yin chiptasini hamda virtual eguliklar sotuvini yo'lga qo'ydi. Bu orqali esa klub hozirga qadar 100 ming evrodan ko'proq daromad ko'rdi.

"Alemaniya Aaxen" klubi esa muxlislarga "oltin chipta"larni sotib olishni taklif qilmoqda. Bu chipta narxi 10 evro etib belgilangan. CHiptaning afzalligi shundaki, qachonki muxlislar stadionga qaytishsa, o'shanda klub mazkur chipta sohiblariga bepul egulik va ichimliklarni vada qilmoqda. "Alemaniya Aaxen" hozircha 3710 ta chipta sotishga ulgurgan.

Berlinning "Dinamo" klubi "FK Korona"ga qarshi virtual o'yinni tomosha qilish uchun pivo ichimligini sotib olishni taklif qilmoqda. SHuningdek, klub chiptadan tashqari ultras guruhlarga pirotexnika vositalarini sotib olishni taklif etmoqda. Mazkur VIP chipta narxi 50 evro. Qizig'i, muxlislar hozirgacha 66000 chiptani sotib olishgan.



Muxlislarsiz, bo'm-bo'sh stadionlar

Hozirda Bundesligani davom ettirishning yagona yo'li - muxlislarsiz o'yin. Germaniyada 31 avgustga qadar barcha ommaviy tadbirlar bekor qilingan. Lekin Bundesliga o'yinlari muxlislarsiz rejimda davom ettirilishi mumkin. Mazkur masala bo'yicha Germaniya futbol ligasi yangi haftada Bundesliga klublari ishtirokida video-konferenciya tashkil qiladi.  Video-konferenciyada chempionat o'yinlarining muxlislarsiz o'tkazish tartibi va tashkiliy masalalar ipidan-ignasiga qadar o'rganib, muhokama qilinadi. CHempionatni davom ettirish orqali Bundesliga klublari teletranslyaciyalardan tushadian mablag'dan o'zlarining moliyaviy holatlarini barqaror ushlab turishlari mumkin. Agarda chempionat yakuniga etkazilmasa, unda Bundesliga televizion huquqdan keladigan 750 million evrodan mahrum bo'ladi. SHuningdek, 56000 ishchi o'rni bo'shab qolishi aytilmoqda. Masalan, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchi va murabbiylar shtabidagi personallardan tashqari yana 850 xodimni ish bilan taminlaydi. Qo'shimchasiga, Bundesliga klublari xodimlaridan tashqari o'yin kunlari turli xizmatlarni taklif qiladigan firmalar ham xodimlarini bo'shatishlariga to'g'ri kelishi aytilmoqda. 



Futbol qachon qaytadi?

Tugallanmagan mavsumning yana bir muammosi, bu futbolchilarning shartnomasi. Joriy mavsum shartnomasi yakuniga etayotgan futbolchilar uchun dedlayn 30 iyunga qadar belgilangan. Germaniya futbol ligasi mazkur holat bo'yicha ham bosh qotirmoqda. Agarda chempionat davom ettirilsa va haftada ikkitadan o'yinlar tashkillashtirilsa, unda iyun oxiriga qadar ligani tugatish mumkin. Aks holda GFL klublarga futbolchilar bilan istisno tariqasida qisqa muddatli qo'shimcha shartnomadar tuzishga ruxsat beradi. Bundesligada 9 tur, Germaniya kubogi yarim finali va final uchrashuvi hamda Bundesliga o'tish o'yinlari o'tkazilishi kerak. CHempionatning taxminiy davom ettirilishi sanasi may oyi boshlariga mzljallangan.

Xo'sh, o'rinli savol tug'iladi. Agarda Bundesliga o'yinlari davom ettirilsa va muxlislarsiz o'tkazilsa, unda bu qanday ko'rinish oladi? Stadionda imkon qadar minimum odamlar bo'lishi kerak. Jami 240 nafarga qadar (futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan birgalikda) ruxsat beriladi.

Jamoa futbolchilari va atrofdagilar har 3 kunda koronavirusga test topshirishadi va doimiy nazoratda bo'lishadi. Bu taxminin 20000 test degani. Yana bir malumot, o'yinlar barcha stadionlarda o'tkazilmasligi mumkin. Oddiy misol, ayni paytda Dortmunddagi "Signal Iduna Park" koronavirusga shubha qilinganlarni qabul qiladigan markazga aylantirilgan.


Germaniyaning g'amxo'r klublari

Germaniya futbol ligasi inqirozga yuz tutayotgan klublarni asrab qolish uchun tashkilot qoshida fond ochgan. Mazkur fondga istalgan klub yoki tashkilotlar pul o'tkazishlari mumkin. "Bavariya", "Borussiya" Dortmund va "Bayer" Germaniya klublarini qo'llab-quvvatlash uchun 20 million evrodan pul o'tkazishdi.

Bilasiz, Germaniyada har qanday principiallik va raqib tuyg'usi maydonda va futbolga oid jihatlarda aks etadi. Qolgan paytlarda esa bir-biriga dushman darajasidagi jamoalar ham o'zaro hurmat tariqasida yordam qo'lini cho'zishga doim tayyor. Oddiy misol, 2003 yili "Bavariya" Dortmundning "Borussiya" klubini moliyaviy yordam orqali inqirozdan qutqargan.

Evropada futbolni qayta uyg'otishi kutilayotgan Germaniya futboli, xususan Bundesligada shunaqa gaplar.

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика