So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  13 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  5 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

Futbolimiz yuzi bo'lgan, lekin tomosha maydoniga aylanayotgan terma jamoa Yangiliklar

Futbolimiz yuzi bo'lgan, lekin tomosha maydoniga aylanayotgan terma jamoa

O'zbekiston milliy terma jamoasining fevral oyida BAAda o'tkazgan yig'ini, nazorat uchrashuvlaridagi natijalari ko'pchilikda tanqidiy fikr yuzaga keltirgani tabiiy.

Xususan, bizda ham mulohaza yuritishga asos bo'ladigan qator jihatlar, muammoli holatlar yig'ilib qolgandi. Aytadigan fikrlarimiz yig'ilib-yig'ili,b daryo bo'lib ketmasidan issig'ida bayon qilishni joiz, deb bildik.

Axir bu nazorat uchrashuvi. Natija muhim emas-ku!

Yaxshi ham, terma jamoamiz nazorat uchrashuvida mag'lub bo'ldi. O'zimizni shu yo'sinda yupatishga majburmiz. Aks holda, bilmadim, nima bo'lar edi. Raqiblar "Zenit", Iordaniya terma jamoasi va Belarus chempionatining amaldagi g'olibi "SHaxtyor" (Soligorsk). Natijalar turlicha, Rossiya grandiga yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyat, iordaniyaliklardan bir kishi ko'p bo'la turib, 2:0 hisobidagi g'alaba va hammasidan ham o'tib tushgani 0:3 hisobidagi mag'lubiyat. To'g'ri, nazorat uchrashuvlari murabbiy uchun, unda natija muhim emas. Lekin, bu erda vatan shani, yurt g'ururi degan tushunchalar bor. Muxlislar qatori biz ham har qanday o'yinda vakillarimizdan g'alaba kutamiz. Biroq, mana shu o'yinlarda futbolchilarimizning ko'zida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va xohish ko'rinmadi. Uchrashuv qanday maqomda bo'lishiga qaramasdan, g'oliblik ruhi doim birinchi o'rinda turishi kerak. Mayli, birinchi bahsda kuchli deya tariflangan "Zenit"ga imkoniyat boy berildi. Mana shunday o'yinlarda g'oliblik ruhi shakllantirilmasa, futbolchilarimizda ishonch bo'lmasa, rasmiy bahslarda nima qilamiz? Xo'p, nima ham deymiz, ahir bu nazorat uchrashuvi. Haqiqiy bahoni saralash o'yinlari boshlansa beramiz.

Piyodalar o'zgargani bilan shoh o'zgarmasa foydasi yo'q
BAA yig'ini avvalida terma jamoamiz murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Antonio Sarioglu va Viktor Tishenko kelib qo'shildi. Gapning ochig'i, shaxmatda bo'lgani kabi faqat piyodalar o'zgardi, xolos. Hamma ishni qilayotgan, boshqarayotgan shoh esa o'z joyida. Termamizda ijobiy o'zgarishlar kutayotgan bir paytimizda 71 yoshli murabbiy va Kuperning yordamchisini ortga qaytarish bilan cheklanishdi. Ushbu o'zgarishlarning samarasini qachon ko'ramiz, bunisi qorong'i. Ammo fikrimcha, shuncha yildan beri futbolchilarimizning yuqori darajaga chiqmagan jismoniy holatini uch oy qolganda optimal holatga keltirish qiyin. Mazkur holat menga nimanidir eslatmoqda. 2017 yil JCH-2018 saralashining hal qiluvchi ikki o'yiniga ikki oy qolganida Samvel Babayan murabbiylar shtabiga niderlandiyalik, o'z vaqtida "Anji"da Gus Xiddinkka yordamlashgan CHima Mishel Oneke jalb qilingandi. Hozir ham deyarli shunga o'xshash vaziyat yuz berdi. Rasmiy bahslarga uch oydan ko'proq vaqt qoldi. Bu orada terma jamoa bir bor, yani mart oyida FIFA kunlari doirasida yig'in o'tkaza olishi mumkin. SHunday ekan ikki nafar chet ellik murabbiylarning kelishi oldindagi bahslarda nimanidir o'zgartirishiga ishonmayman.

Darvoza chizig'i bo'yicha savol: asosiy kiper kim bo'ladi?

Ignatiy Nesterov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach, Eldor Suyunov birinchi raqamli posbon sifatida gavdalanayotgan edi. Biroq Vadim Abramov ikkita yig'indirki, Suyunovni chaqirayotgani yo'q. Balki, saralash bosqichi boshlansa, yana darvozaga uning o'zi qaytar. Hozircha Abramov asosan, Abduvohid Nematovga ishonch bildirmoqda. Ammo rasmiy bahslarda Nematovdagi tajribasizlik pand berib qoladi, degan havotirdaman. SHunisi aniqki, Nesterovdan keyin hech kim birinchi raqamlikka davogar sifatida tilga olinayotgani yo'q. Xorij yig'inlariga olib ketilayotgan qolgan kiperlar faqat ro'yxatni to'ldirish uchunmi? Abramov intervyularida bu yig'inlarda zaxiradagi o'yinchilar sinab ko'riladi, deb aytgan. Termamiz bosh murabbiyi hozirdan ushbu muammoning echimini topishi kerak.
Murabbiyning ishiga aralashishdan yiroqman. SHunchaki, xolis fikrimni bildirdim. Zero, "do'st achitib gapirar, dushman kuldirib". Niyatimiz esa dushmanlik emas. Terma jamoa futbolimizning yuzidir. CHetdan kelayotgan futbolga shinavanda inson birinchi bo'lib milliy jamoaga etibor qaratadi, natijalarga razm soladi. Bu – terma jamoa, klub emas. Unga klubdagidek munosabatda bo'lish esa katta xatodir.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика