So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Futbol viktorinasi. Bilimingizni sinab ko'ring (2-son) Yangiliklar

Futbol viktorinasi. Bilimingizni sinab ko'ring (2-son)

Futbol olamida yuzaga kelgan kutilmagan tanaffus vaqtida saytimiz xodimlari sizni turmush tashvishlaridan chalg'itib, hordiq chiqarishingiz uchun baholiqudrat harakat qilishyapti.

Endi siz uchun "millionlar o'yini"ga oid bilimlaringizni sinovdan o'tkazib, yanada mustahkamlab olish imkoniyati ham yaratildi. Quyida Faxriddin Ro'ziev muallifligi ostida "Shampionat.asia" sayti orqali etiboringizga havola qilingan maqolalar asosida tuzilgan o'rta darajadagi savollar keltirildi. Ishonamizki, foydalanuvchilarimiz barcha savollarga bexato javob berishadi.

1. Ushbu futbolchi faoliyatining bir qiziq tomoni bor: u professional faoliyatini 3 marta yakunlagan. Qahramonimiz 2006 yilning yozida o'zini tarbiyalagan klub safiga borib qo'shildi. 2012 yilga qadar o'sha jamoa sharafini himoya qilgach, faoliyatini birinchi marta yakunladi. Bir yillik tanaffusdan so'ng (2013 yilning yozida) yana o'sha klub safiga qo'shildi va bir mavsum harakatlanib, 2014 yilning 1 iyulida futboldan 2-marta ketdi. Oradan 3 yil o'tdi. Erinmagan banda ekanki, 2017 yilning yanvarida yana maydonga qaytdi va yana o'sha jamoa tarkibiga qo'shildi. Darvoqe, u bu paytga kelib mazkur klub prezidenti lavozimida ham faoliyat olib borayotgan edi. Nihoyat, 2017 yilning yozida chinakamiga futbolchilik faoliyatini (3-marta) yakunlagan futbolchi va u to'p tepgan so'nggi klub nomini toping.

2. Endi 2 kishi haqida gap boradi. Ularning taqdiri shunchalik o'xshashki, egizaklarnikidan-da yaqinroq. Ular bitta malakatda tug'ilishgan. Har ikkovining otasi futbolchi, onasi esa gandbol bo'yicha mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Qizig'i shundaki, har ikki futbolchi ulg'ayib butunlay boshqa yurt terma jamoasi hujum chizig'ida tandem hosil qilishdi. Qahramonlarimiz ajoyib faoliyat yuritib, har bir hujumchi (Ronaldu-yu Messi ham) orzu qiladigan rekordlarni ham o'rnatishdi. Yuqorida kimlarning tarifi keltirildi?

3. Bir paytlar Madridning "Real" klubi hujum chizig'ini bezagan mazkur futbolchi 3 mamlakat milliy terma jamoalari sharafini himoya qilishga ulgurgan. Gap kim haqida boryapti?

 Tasdiqlovchi javoblar bilan 12:00da tanishishingiz mumkin.

Avvalroq etiboringizga viktorinaning birinchi soni va uning javoblari taqdim qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика