Futbol o'z yo'liga. "Kadis" – "Barselona" uchrashuvi muxlisning tobi qochgani tufayli to'xtatildi
10 sen 2022 23:41
Yangiliklar


Futbol o'z yo'liga. "Kadis" – "Barselona" uchrashuvi muxlisning tobi qochgani tufayli to'xtatildi
"Kadis" – "Barselona" bellashuvi to'xtatilganiga qariyb 40 daqiqa bo'ldi.
Voqealar rivoji:
- Gap shundaki, tribunadagi muxlis yomon ahvolga tushib qoldi va unga zudlik bilan yordam ko'rsatishga to'g'ri keldi.
- Futbolchilar hakam hamrohligida kiyinish xonasiga yo'l olishdi.. Hamma yaxshilikka umid qildi.
- "Kadis" darvozaboni Xeremias Ledesma tibbiy anjomlarni katta tezlikda tribunaga eltib berdi. Buni albatta alohida etirof etish joiz.
- Keyin Ispaniya OAV turli sektorlardan joy olgan ikki muxlisning mazasi bo'lmagani haqida xabar berdi. Dastlab, ulardan birinchisi shifoxonaga olib ketildi.
- Ikkinchi bemorni ham kasalxonaga etkazishga harakatlan boshlandi va amalga oshirildi.
Demak, hammasi ortda qoldi. Futbolchilar maydonga qaytishdi. Matnli translyaciyani mana bu sahifada kuzatishda davom eting.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar