So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

APL. CHempion bo'lishi taxmin qilingan "Liverpul" "ishni" durangdan boshladi Yangiliklar

APL. CHempion bo'lishi taxmin qilingan "Liverpul" "ishni" durangdan boshladi

APL 1-tur doirasidagi "Fulxem" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

"Fulxem" – "Liverpul" 2:2
6 avgust, "Kreyven Kottej" o'yingohi
Gollar
: 1:0 – 32 Mitrovich, 1:1 – 64 Nunes, 2:1 – 72, penalti Mitrovich, 2:2 – 80 Salax.

"Fulxem" – Rodak, Tete, Rim, Adarabioyo, Robinson, Kebano (Solomon, 66), Rid, Pereyra (Kerni, 89), Palinya, Dekordova-Rid (Daffi, 90), Mitrovich.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Tiago Alkantara (Elliott, 51), Fabino (Milner, 59), Firmino (Nunes, 51), Salax, Dias (Karvalyu, 78).

Ogohlantirish: Tete (17), Dekordova-Rid (90).


Fulham

Aleksandar Mitrovic - 32', Aleksandar Mitrovic - 72'

Premier League . 1-tur

06/08/2022, 16:30

2
:
2
Tugadi

Liverpool

Darwin Nunez - 64', Mohamed Salah - 80'

Stadion: Craven Cottage, 25000 tomoshabin

Bosh hakam: Andrew Madley

45'
90'
17'  Kenny Tete
32'  Aleksandar Mitrovic
32'  Kenny Tete
66'  Neeskens Kebano (Manor Solomon)
72'  Aleksandar Mitrovic
89'  Andreas Pereira (Tom Cairney)
90'  Bobby Reid
90'  Bobby Reid (Shane Duffy)
51'  Thiago Alcantara (Harvey Elliott)
51'  Roberto Firmino (Darwin Nunez)
59'  Fabinho (James Milner)
64'  Darwin Nunez
78'  Luis Diaz (Fabio Carvalho)
80'  Mohamed Salah
80'  Darwin Nunez


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Liverpul" mavsumni durangdan boshladi.  

90+4-daqiqa. Xendersondan ajoyib zarba, lekin bu safar ham mezbonlarni darvoza to'sini qutqarib qolmoqda. 

90+3-daqiqa. Mitrovichning oyog'i tomirlari tortib qolmoqda. Nima deb o'ylaysiz, astoydil mehnat qilgan hujumchiga chindan yordam kerakmi yoki bu ayyorlikmi?

90+1-daqiqa. Bugungi bahsning asosiy qismida ko'rganimiz, "Liverpul" to'pni nazorat qilmoqda. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'zgarish! Andreas Pereyra o'rniga Tom Kerni tushdi.

88-daqiqa. "Liverpul"ning misrlik futbolchisi o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi. 

86-daqiqa. Trent to'p uchun kurashda Mitrovichga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.  

81-daqiqa. GOOOOOOL! Moxamed Salah "Liverpul"ni qutqardimi? Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Darvin Nunes bu safar golli uzatmani amalga oshirib berdi.

78-daqiqa. O'zgarish! Luis Diasning o'rniga Fabio Karvalyu jangga tashlandi. 

75-daqiqa. "Liverpul" raqib darvozasi oldida, vaziyat yaratishga urinmoqda.  

72-daqiqa. GOOOOOOL! Mitrovichning o'zi zarba berdi va Alissonga imkon qoldirmadi. "Fulxem" yana hisobda oldinga chiqib oldi.

71-daqiqa. PENALTI? Virjil van Deyk Mitrovichni jarima maydonchasida yiqitdi va hakam nuqtaga ishora qildi. 

69-daqiqa. "Liverpul" bosimni kuchaytirmoqda. Burchak zarbalari, darvoza tomon zarbalar. "Fulxem"ga buyog'iga oson bo'lmaydigan ko'rinadi. 

Darvin Nunesda yana imkoniyat, ammo himoyachilar ham yaxshi harakat qilishdi.  

66-daqiqa. O'zgarish! Nesken Kebano uchun o'yin tugadi. Manor Solomon uchrashuvning qolgan daqiqalarini maydonda o'tkazadi.

Bo'ldi, gol inobatga olindi - hisob tenglashdi. 

Barchasi joyidaligiga ishonch hosil qilish uchun biroz kutib turish talab qilinmoqda. 

64-daqiqa. GOOOOOOOOL! Moxamed Salahdan uzatma va Darvin Nunes chiroyli harakat bilan muvozanatni tikladi.  

62-daqiqa. Darvin Nunes yaxshi zarba yo'lladi, ammo darvozabon ishonchli harakat qildi. 

59-daqiqa. O'zgarish! Fabino o'rnini Jeyms Milnerga bo'shatib berdi.

55-daqiqa. Mezbonlar qarshi hujumda imkoniyatga ega bo'lishgandi, biroq oxirgi uzatma o'tmay qoldi.

51-daqiqa. O'zgarish! Firmino o'rniga Darvin Nunes o'yinga qo'shildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'limda "Fulxem" nomdor raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi va haqli ravishda hisobda oldinda bormoqda. 15 daqiqa dam olamiz.

45+1-daqiqa. "Liverpul"ning navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. To'p nazorati bo'yicha katta ustunlikka ega bo'lsada, "Liverpul" hozircha har holda raqib himoyasi "qulfini ocha olmayapti".

39-daqiqa. Xavfli vaziyat! Luis Diasning yana bir zarbasidan keyin to'p darvoza ustunini larzaga "keltirvordi", ammo bu safar ham gol emas. 

37-daqiqa. "Pochti" gol! Trent qarama-qarshi qanotdagi Robertsonga to'pni aniq uzatdi, o'z navbatida Endryu ham jarima maydonchasi markazidagi sheriklarini ko'rdi, ammo na Dias, na Firmino darvozani ishg'ol qila olishmadi.   

35-daqiqa. "Liverpul" futbolchisi markazda to'pni oldirib qo'ydi va yana mezbonlar hujumga otilishdi. Alissonning hushyorligigina xavfni bartaraf bo'lishiga sabab bo'ldi. 


33-daqiqa. GOOOOOOOL! Aleksandar Mitrovich!!! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Aleksandar Mitrovich o'tkir burchakda, himoyachi bilan turganiga qaramay, darvozaga yo'llay oldi, Alisson ham jamoasini qutqarmadi. 

31-daqiqa. Alisson darvozasi oldida xavfli vaziyat, ammo Ridning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

30-daqiqa. O'ttiz daqiqa o'tdi, to'pga egalik qilish 30% - 70% "Liverpul" foydasiga, ammo zarbalar bo'yicha ustunlik mezbonlarda 3 - 1. 

28-daqiqa. "Liverpul" ham o'zining birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq darvozabon bezovta qilinmadi.

26-daqiqa. "Fulxem" futbolchilariga hakamning aksariyat qarorlari yoqmayapti va etirozlar deyarli tinmayapti. 

23-daqiqa. Mezbonlar standart vaziyatga ega bo'lishdi. Ketma-ket zarbalar, lekin to'p darvozagacha etib bormadi. Burchak zarbasi.

22-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni misrlik futbolchi bosh bilan bergan zarbasi bilan yakunladi, ammo to'p Marek Rodak darvozasidan ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

20-daqiqa. Salah orqaroqdan jarima maydoniga yorib kirgan Xendersonni ko'rib, to'pni tashladi, lekin tajribali yarim himoyachi uzatmaga ulgurmadi.  

18-daqiqa. Klopp "bandasi" o'ziga keldi chog'i, mehmonlar raqibni ancha o'z darvozasiga yaqin hududda himoyalanishga majbur qilyapti.

17-daqiqa. Ogohlantirish! Kenni Tete qo'pol harakati uchun kartochka ishlab oldi. 

15-daqiqa. "Liverpul"ning amalda birinchi chinakam hujumi bir yo'la gol bilan yakunlandi. Luis Diasning aylanma zarbasi zo'r chiqdi, ammo biroz avval Robertson o'yindan tashqari holatda qolib ketgani sabab hisob o'zgarmadi.  

Megabayt bilan muammo yo'q, uchrashuvni jonli (video) ko'rardim deganlar uchun quyidagi LINKni taqdim etamiz.

12-daqiqa. Londonliklar o'tgan vaqt mobaynida ancha tetik o'yin ko'rsatishmoqda. Mezbonlar to'p uchun kurashda ham raqibga ortiqcha imkon qoldirishmayapti.  

10-daqiqa. "Liverpul" hozircha raqibidan ko'ra ko'proq himoyalanishga majburligi qiziq albatta.

8-daqiqa. Hujumi oxirigacha etib bormagan bo'lsada, "Fulxem" vakillari darhol pressing uyushtirib, raqibni o'z jarima maydonchasiga yaqin joyda to'xtashga majbur qilishdi.  

6-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi. Ish chinakamiga xavfli vaziyatgacha etib bormadi.  

5-daqiqa. "Qizillar" to'pni malum vaqt o'zlarida ushlab turib, keyin hujumga tezda o'tishni niyat qilishgandi, biroq uzatma o'xshamadi va Marek Rodak to'pni egallab oldi. 

3-daqiqa. "Fulxem" yana hujumda, qanotdan uzatmadan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Biroq qo'shimchasiga hakam offsayd bo'lganini malum qildi.   

2-daqiqa. "Liverpul"ning hujumi boshlanmasdan tugab qoldi.  

1-daqiqa. Aleksandr Mitrovich himoyachilarning sustkashligidan keyin to'pni egallab, "tikka" darvozaga qarab bordi va zarba berdi, lekin noaniq. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Liverpul" azolari boshlab berishdi. Demak, kettik. 

Uchrashuv startiga hali bir necha daqiqa bor va siz, vaqtni samarali o'tkazish uchun "Liverpul" chempion bo'la oladimi?" nomli tahliliy materialni o'qib chiqishingiz mumkin.

Klopp shogirdlari safarda APL debyutantiga qarshi kurash olib borishadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика