Franciya TJning yana bir azosi JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi
19 okt 2022 08:25
Yangiliklar
Franciya TJning yana bir azosi JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi
“Lion” yarim himoyachisi Korenten Tolisso Franciya chempionati 11-turida “Renn”ga qarshi bahsda (2:3) jarohat oldi.
“Afsuski, yana jarohatlandim. Ammo tushkunlikka tushmayman va hech qachon taslim bo'lmayman. Bu sportning yozilmagan qonuni! Imkon qadar tezroq qaytib, yana 100 foizga tayyor bo'lish uchun ko'p mehnat qilishda davom etaman”, deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post joylagan Tolisso.
28 yoshli francuz sonidan jarohat olib, ko'z-yoshlar bilan maydonni tark etdi. Futbolchining chap sonida muammolar borligi aniqlangan va shu tufayli u bir necha oy lazaretda bo'ladi. Xavbek JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi. Avvalroq, Franciya TJning boshqa bir azosi Ngolo Kante 4 oyga safdan chiqqani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar