Franchesko Toldo: "Inter" tufayli "Liverpul", "Real Madrid", "Bavariya"ga rad javobini berganman. Bu bilan faxrlanaman"
03 may 2020 23:55
Yangiliklar


Franchesko Toldo: "Inter" tufayli "Liverpul", "Real Madrid", "Bavariya"ga rad javobini berganman. Bu bilan faxrlanaman"
"Inter" sobiq darvozaboni Franchesko Toldo boshqa klublarga o'tishi mumkin edi.
"Men "Inter"da qolishni istagandim, shuning uchun ko'p takliflardan voz kechdim.
Ushbu klubda g'alaba qozonish - bu o'zgacha bir narsa, uni bo'rondan qochib, portga etib kelish bilan solishtirish mumkin.
"Inter" uchun "Benfika", "Bavariya", "Liverpul" va "Real Madrid"ga rad jaobini berganman, ammo qarorimdan g'ururlanaman", - dedi Toldo Antenna Three telekanaliga.
Malumot uchun, Toldo 2001 yildan 2010 yilgacha "Inter"da o'ynagan va shu erda faoliyatini yakunlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar