FR: Karpenkoning taqdiri 45 daqiqada hal bo'ladi
28 avg 2022 20:11
Yangiliklar


FR: Karpenkoning taqdiri 45 daqiqada hal bo'ladi
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev malumot berdi.
"Bunyodkor" Samarqanddagi o'yinda yutqazyapti. Bu Superligada Karpenko qo'l ostidagi 10-o'yin bo'lib, jamoa shu kunga qadar atigi 6 ochko to'plagan edi. Kubok ham boy berildi. Agar "qaldirg'ochlar" bugun yana mag'lubiyatga uchrasa, jamoada keskin o'zgarishlar bo'ladi.
"Bunyodkor"ni bunaqa ahvolda ko'rish achinarli. To'g'ri, 1-bo'limda o'yin jihatdan yomon ko'rinmadi. Ammo fakt shuki, Superliganing eng kuchsiz jamoasiga yutqazyapti.
Xullas, Karpenkoning klubdagi keyingi taqdiri oldinda turgan bitta taymga bog'liq", — deyiladi "Futbol ANALIZI" kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar