So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  0 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  1 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  1 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  16 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (40-31 o'rinlar) Yangiliklar

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (40-31 o'rinlar)

Jahon va Osiyo futbolini yoritib boradigan yirik saytlardan biri Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini malum qildi.

Ro'yxatdan o'zbekistonlik futbolchilar o'rin olganmi? Buni ro'yxat bilan tanishgach bilib olamiz. Biroz avval 50-41 o'rinlarni elon qilgandik. Quyida 40-31 o'rinlar kimga nasib etganini keltirib o'tamiz.

#40. Gotoku Sakay (Yaponiya)
Klubi: 
"Gamburg" (Germaniya)
Ampluasi: Himoyachi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: O'zi Nyu Yorkda tug'ilgan, onasi nemis, otasi yapon. Uning akalari ham futbolchi. Gotoku Sakay "Gamburg" sardori hamda etakchisi hisoblanadi. U shuningdek, milliy terma jamoa azosi. Sakay Osiyodagi eng kuchli o'yinchilardan biri.


#39. Fahad Al Muvallad (S.Arabistoni)
Klubi: "Levante" (Ispaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 23
Futbolchiga tarif: Uning goli Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2006 yildan beri yana jahon chempionatiga olib chiqdi. Ayni paytda "Levante"da ijara asosida to'p tepayotgan Fahad Al Muvallad Osiyoning eng kuchli o'yinchilaridan biri. Uning ham jahon chempionatiga borishi kutilyapti.


#38. Yosir Al SHahrani (S.Arabistoni)  
Klubi: "Al Hilol" (S.Arabistoni)
Ampluasi: Himoyachi
Yoshi: 25
Futbolchiga tarif: Juda tezkor futbolchi. Zarbasi ham joyida. O'ng qanotda raqibning istalgan hujumchisini yopib qo'ya oladi. Al SHahrani "Al Hilol" bilan ikki bor OCHL finalida o'ynagan (2014, 2017). 

#37. Xan Kvang Song (KXDR)
Klubi: "Kalyari" (Italiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 19
Futbolchiga tarif: KXDR terma jamoasi murabbiylari 19 yoshli Xan Kvang Songga katta umid bilan qarashmoqda. Unda tezlik yuqori, to'purarlik qobiliyati ham joyida. Bu hujumchi bekorga Italiya A seriyasida o'ynayotgani yo'q.


#36. Yuya Osako (Yaponiya)
Klubi: "Kyoln" (Germaniya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: Albatta, Osaka SHinji Kagavaga o'xshab mashhur emas, ammo u "Kyoln" tarkibida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. U Germaniyadagi birinchi ikkita mavsumida atigi to'rtta gol urgandi. Lekin o'tgan yil 9 bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.


#35. Suk Xyun Jun (J.Koreya)
Klubi: 
"Trua" (Franciya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: 26 yoshli hujumchi allaqachon bir qator jamoalarda o'ynab qo'ygan: "Ayaks", "Groningen", "Portu", "Maritimo" va hatto "Al Ahli". Hozir esa ijara bo'yicha "Trua"da o'ynab kelmoqda. Baland bo'yli (191 sm.) futbolchi yangi jamoasida 10ta o'yinda 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


#34. Nam Tae Xi (J.Koreya)  
Klubi: 
"Al Duhayl" (Qatar)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: Uning Qatar klubiga yo'l olishi Janubiy Koreyada o'ziga xos shov-shuvni yuzaga keltirgandi. Nam Tae Xi 2012 yildan beri "Al Duhayl"da o'ynab kelyapti. 18 o'yinda 10ta gol urish yarim himoyachi uchun yaxshi ko'rsatkich hisoblansa kerak.


#33. Mehdi Taremi (Eron)
Klubi: 
"Al Garafa" (Qatar)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 25
Futbolchiga tarif: Taremi qaerdan xavf solishini hech kim aytib berolmaydi. CHunki u kutilmaganda "portlaydigan" hujumchi. U Eron chempionatida ketma-ket ikki mavsum to'purar bo'ldi va shundan so'ng Qatarga yo'l oldi. U OCHL uchrashuvlarida ham ishtirok etib, beshta o'yinda to'rtta gol urdi.


#32. Marat Bikmaev (O'zbekiston)  
Klubi: "Lokomotiv" (O'zbekiston)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 32
Futbolchiga tarif: Marat Bikmaev uchun o'tgan yil juda muvaffaqiyatli kechdi. U 26ta gol bilan to'purarlikni qo'lga kiritdi. "Loko" o'tgan mavsum OCHLda ettita gol urgan bo'lsa, shundan beshtasi Bikmaevga tegishli bo'ldi. Marat O'zbekiston milliy terma jamoasining ham asosiy tarkib o'yinchisi sanaladi. 


#31. Alirizo Beyranvad (Eron)
Klubi: "Persepolis" (Eron)
Ampluasi: Darvozabon  
Yoshi: 25
Futbolchiga tarif: Alirizo Beyranvad 2015 yil terma jamoada debyutini o'tkazgan. SHundan beri ko'p bor bosh jamoaga taklif qilindi. Uni kuchli darvozabon desa bo'ladi. 2016 yil "Persepolis"ga o'tish Beyranvad uchun faoliyatida tub burilish bo'ldi. U JCH saralash o'yinlarida 9ta bellashuvda umuman gol o'tkazmadi.


Davomini kuting...

X.Xoliqov tayyorladi.  


Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (50-41 o'rinlar)

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика