Fotomaqola. Milliy terma jamoamiz Yaman bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi
14 noy 2015 22:50
Yangiliklar


Fotomaqola. Milliy terma jamoamiz Yaman bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi
Terma jamoamiz kecha ham mashg'ulot o'tkazgan edi, faqat o'yinda tushmagan futbolchilar uchun. KXDRga qarshi o'ynagan futbolchilar esa engil mashg'ulot bilan cheklanganlar.
Bugun Server Jeparov biroz betob bo'lib qolganligi uchun yig'inda ishtirok eta olmadi. Qolgan barcha futbolchilar murabbiylarning ko'rsatmalarini bajardilar. Tayyorgarlik rejaga ko'ra davom etdi. Futbolchilarimizning kayfiyatlari alo. Ayniqsa kecha berilgan fotomaqola ko'pchilikning kulgusiga sabab bo'lgan.
Terma jamoamiz delegaciyasi o'rin olgan avtobus "JAR" stadioniga kirib kelyapti.
Aleksandr Geynrix "Sport TV" uchun maxsus intervyu beryapti.
Odil Ahmedov ham.
Deyan Jurjevich esa intervyu bermaydi...
Eldor SHomurodov o'z paytini kelishini kutyapti. Unga ham MTJda omad tilaymiz.
To'p bilan Sanjar Tursunov.
Ignatiy Nesterov berilib ishlayapti.
Suyunovning o'rniga kelgan Zuxurov ham.
Lobanovdan ruhiy bosimni engib o'tish talab qilinadi.
Oq yo'l yigitlar, Qatardan g'alaba bilan qaytinglar!
Nodirxo'ja Yuldashev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar