FOTO. Angliyadagi o'yin chog'ida maydon markaziga vertolyot qo'ndi
11 mar 2018 07:42
Yangiliklar


FOTO. Angliyadagi o'yin chog'ida maydon markaziga vertolyot qo'ndi
Angliya 4-divizionidan o'rin olgan “CHesterfild” - “Linkoln Siti” uchrashuvi chog'ida kamdan-kam uchraydigan holat ro'y berdi.
Gap shundaki, o'yin chog'ida muxlislardan biri o'zini noxush xis qila boshlagan. Bu paytda uchrashuvning 26-daqiqasi o'tib borayotgandi. Hakam o'yinning to'xtatib, futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi.
“CHesterfild” stadioni gazoniga chaqirilgan tez yordam vertolyoti kelib qo'ndi. SHifokorlar muxlisga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatishdi. Uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo'q. O'yin esa “CHesterfild”ning 0:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar