Flik: "Germaniya terma jamoasining maqsadi - jahon futbolining cho'qqisiga qaytish"
11 avg 2021 13:44
Yangiliklar
Flik: "Germaniya terma jamoasining maqsadi - jahon futbolining cho'qqisiga qaytish"
Germaniya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "bundestim"ning kelajagi haqida gapirdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz - jahon futboli cho'qqisiga qaytish. Albatta, bu oson bo'lmaydi, ammo jamoamiz tezlik olmoqda. Bizda mahoratli ijrochilar etarlicha.
Albatta, biz hozirda barchadan kuchli bo'la olmaymiz, ammo bu uchun maksimum kuchni tashlaymiz. Asta-sekin maqsad sari intilamiz", - deydi mutaxassis.
Flik milliy jamoani yozda qabul qilib oldi. Uning Germaniya futbol federaciyasi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuliga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar