"Fiorentina" himoyachisi MYUga o'tishga rozi bo'ldi
26 fev 2021 23:55
Yangiliklar


"Fiorentina" himoyachisi MYUga o'tishga rozi bo'ldi
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida bir qarorga keldi.
"Corriere della Sport" xabariga ko'ra, mankunianliklar ancha vaqtdan buyon ushbu futbolchi bilan muzokaralar olib borgan va bu yakunlanish arafasida. Transfer yozdayoq amalga oshishi mumkin.
Milenkovich ushbu mavsumda 24 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, 1 golga assist bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar