So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Final oldidan matbuot anjumani Yangiliklar

Final oldidan matbuot anjumani

O'zbekiston kubogi final uchrashuvi "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanidan onlayn translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.


Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda futbolchi ishtirok etadi.

Anjuman soat 10:30da boshlanadi.

"Nasaf" klubi kecha kechqurun Samarqand shahriga etib kelgan. "Lokomotiv" esa ayni daqiqalarda Samarqand shahriga "Afrosiyob" poezdi bilan tashrif buyurmoqda.

SHaharda finalga bo'lgan qiziqish yuqori darajada deyish mumkin. Stadion kassalarida final o'yini chiptalari tezlik bilan sotilmoqda. Mahalliy ishibozlar ertaga stadionni to'ldirishlari, katta anshlag bo'lishi kutilmoqda.



"Dinamo" stadioni mamuriyati maydonni tozalash ishlarini tezlik bilan amalga oshirmoqda. CHunki soat 11:00da jamoalar final oldidan o'zlarining rasmiy mashg'ulotlarini o'tkazishadi.



"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida jamoa darvozaboni Eldorbek Suyunov hamroxlik qiladi.

Takidlash joiz, "ajdarlar" vakillari matbuot anjumaniga anchayin jiddiy qiyofada tashrif buyurishdi.

- Ertangi o'yin bu final. Finalda barcha g'alaba uchun o'ynaydi. "Nasaf" va "Lokomotiv" jamoalari bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun harakat qilishi tabiiy. Bu ikki jamoalar nafaqat natijani, balki mazmunli o'yin ko'rsatishni ham birinchi o'ringa qo'yadi. Finalda bir-biriga munosib bo'lgan jamoalar o'zaro kuch sinashishmoqda. Ertaga muxlislar keskin va qizg'in futbol guvohiga aylanishadi. O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida sovrinni munosib himoya qilishni istaymiz. Maqsadimiz g'alaba va muxlislarni xursand etish, - deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

- O'zbekiston kubogi finalini Samarqandda o'tkazilishiga qanday munosabatdasiz?

- Bu narsaga ijobiy qarayman. O'tgan yili Jizzahda, bu safar mana Samarqandga berildi. Bu ishlar o'zbek futbolini rivoji uchun xizmat qiladi, deb o'ylayman. O'tgan yilgi final ajoyib muhitda o'tgandi. Ertangi final o'yini ham chiroyli muhitda o'tishiga ishonaman. Finalga nafaqat Samarqanddan, balki boshqa viloyatdan ham muxlislar tashrif buyurishadi. "Nasaf"ning O'zbekistonda minglab muxlislari bor. Men bu qarorni qo'llab-quvvatlayman va keyinchalik ham shunday davom etadi, deb umid qilaman.

- "Nasaf" ushbu mavsumda "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmadi. Bu jamoa tarixida hali kuzatilmagan holat. O'tkazilgan ikki o'yindan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsak, "Loko"ning nozik taraflarini ko'rib oldingizmi?

- Bu final o'yini. Final esa bir o'yindan iborat. SHu bois statistik malumotlar bu erda muhim ahamiyatga ega emas. O'sha uchrashuvlarda biz "Lokomotiv"ga munosib qarshilik qildik va "Nasaf" har qanday raqib bilan o'ynay olishini isbotladik. "Lokomotiv" kuchli jamoa. Ular bekorga chempionlikni qo'lga kiritishgani yo'q. "Lokomotiv" ushbu mavsumda chempionlikka loyiq o'ynadi va munosib tarzda oltin medallarni qo'lga kiritdi. Jamoa safida mahoratli futbolchilar to'planishgan. Ammo bizning o'yinga tayyorlab qo'ygan rejamiz mavjud. Jamoa futbolchilarini bu bahsga ruhiy taraflama ham yaxshi tayyorlaganmiz. Finalga o'z rejamiz asosida harakat qilamiz.

- "Nasaf" avvallari Artur Gevorkyan orqali o'z o'yinini qurardi. Hozirgi jamoada Dragan CHeran asosiy rolda, jamoa endi CHeranga bog'lanib qolgandek. Agarda ertaga "Lokomotiv" CHeranni zararsizlantirib qo'yadigan bo'lsa, unda sizning ikkinchi rejangiz ham bormi?

- Birinchi "Nasaf" oldin Artur Gevorkyanga bog'lanib qolgan, degan fikrga qo'shilmayman. "Nasaf" jamoaviy o'yin ko'rsatib kelgan va hech bir futbolchiga bog'lanib qolmagan. "Nasaf"ning o'yini Gevorkyanga ham, CHeranga ham bog'lanib qolmagan.

"Ertaga faqat g'alaba qozonish haqida o'ylayapmiz. Barchamiz yana bir bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishni istaymiz va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Bizlar yil boshida joriy mavsumda ham minimum o'tgan yilga natijalarni qaytarishni niyat qilgandik", - deya o'z fikrlarini bildirdi Eldorbek Suyunov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Andrey Miklyaev hamda Oleg Zoteev tashrif buyurishdi.

- Finaldan albatta g'alaba va yaxshi natijani kutyapmiz. Biz finalga qadar ancha uzoq yo'lni bosib keldik. Ertaga maqsad bitta: Biz Samarqandga g'alaba uchun keldik va O'zbekiston kubogini Toshkentga olib qaytmoqchimiz, - deya gap boshladi Andrey Miklyaev.

- Bugungi kunda "Lokomotiv" uchun eng qiyin raqib "Nasaf", degan fikrga qo'shilasizmi?

- Ha, bu fikrga to'liq qo'shilaman. "Bunyodkor", "Paxtakor" va boshqa jamoalar bilan ham o'ynadik. Ammo bizga ko'proq tashvish tug'dirgan jamoa bu "Nasaf" bo'ladi. CHempionat o'yinida ham ular bilan ajoyib o'yin bo'ldi. Ular o'sha bahsda ikki daqiqa ichida ikkita marotaba darvozamizni ishg'ol etishni uddasidan chiqdi. Bu ko'p narsadan dalolat. "Nasaf" ikkinchi davrada ancha kuchaydi.

- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rdimi?

- Biz penaltilar seriyasiga atayin tayyorgarlik ko'rmadik. CHunki yaxshi niyat qilganmiz. Agarda bo'lib qolsami? Unda o'shanda hal qilamiz.

- Finalda Nesterov turadimi yoki Mamur Ikromovga ishonch bildirasizmi?

- Bu hozircha nomalum. Hammasi ertaga aniq bo'ladi. Jamoamizda ikkita yuqori saviyali darvozabon borligi bizning baxtimiz.

- Jamoa oxirgi paytlarda 3-4-3 sxemasidan foydalanayotgandi. Ertaga ham shu taktika asosida o'ynaysizlarmi yoki...?

- O'yindan oldin kartalarni ochmoqchi emasmiz. Ertaga ko'rib olasizlar....

- "Nasaf"da hozir Dragan CHeran etakchi hisoblanadi. Aynan unga qarshi ishlangan reja bormi?

- To'g'ri qayd etib o'tdingiz, Dragan CHeran hozirda jamoa o'yinini ancha kuchaytirgan va xavfli futbolchi sanaladi. Lekin biz butun "Nasaf"ga qarshi tuzib qo'ygan rejamizni ishga solamiz.

"Nasaf" ajoyib jamoa va kuchli taraflari bisyor. Biz ertaga ularning kuchli taraflarini zararsizlantirishga harakat qilamiz va o'zimizning kuchli tomonlarimizni ishga solamiz. Maqsad va vazifa yagona, bu O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish", - dedi Oleg Zoteev.


P.S. Matbuot anjumanining to'liq qismini birozdan so'ng alohida sahifa orqali o'qib chiqishingiz mumkin bo'ladi.

SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика