So’nggi yangiliklar

00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  6 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  12 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  27 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0

Final oldidan final(cha) - Man.Siti CHelsini yuta oladimi? Yangiliklar

Final oldidan final(cha) - Man.Siti CHelsini yuta oladimi?

8 may kuni APLning 35-turi doirasida Manchester Siti - CHelsi uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin oldidan jamoalar tayyorgarligi, ularning finalga qanday etib kelganligi va o'yinchilar holati haqida so'z olib boramiz.

Klublarning hozirgi holati: «Manchester Siti» jamoasi 34-turdan so'ng 80 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Jamoa o'tgan turda «Kristal Pelas» mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHuningdek, chorshanba oqshomida ECHL doirasida bo'lib o'tgan PSJga qarshi yarim final javob o'yinida 2:0 hisobida g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi. 

«CHelsi» esa 34-turdan keyin 61 ochkoga ega va ayni vaqtda 4-o'rinda joylashgan. O'tgan turda o'z maydonida «Fulxem»ga qarshi o'yin o'tkazib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. ECHLning yarim finalida «Real Madrid»ni o'z maydonida 2:0 hisobida mag'lub etdi va finalga chiqdi. 

Turnir jadvalidagi holat haqida

APLning turnir jadvaliga qarab matematikani ishga solish to'g'ri keladi. «Man Siti»dan keyingi o'rinda Manchesterning boshqa klubi — «Manchester Yunayted» joy olgan. Ikki jamoa o'rtasida 13 ochko farq bor. Lekin «Manchester Yunayted» bir o'yin kam o'tkazgan. Agarda... 

...agarda «Manchester Siti» keyingi barcha o'yinlarni yutqazib, MYU esa barchasini g'alaba bilan yakunlasa, «shaharliklar» APL chempionligidan mahrum bo'lishadi. 

«CHelsi» 4-pog'onada joylashgan. Yaqin taqibchisi «Vest Xem»dan 3 ochkoga oldinda bo'lsa, 3-o'rindagi «Lester»dan 2 ochko orqada. Ammo «Lester» 35 ta o'yin o'tkazgan. Agarda...

...agarda «CHelsi» o'yinlarini g'alaba bilan yakunlasa va «Lester» keyingi 3 turning birida qoqilsa, londonliklar 3-o'ringa ko'tarilib ham olishi mumkin. 

O'zaro o'yinlar: Jamoalar o'zaro umumiy 166 marta kuch sinashishgan bo'lsa, shulardan 59 tasida «Manchester Siti», 67 tasida «CHelsi» g'alaba qozongan. 40 o'yinda esa durang natija qayd etilgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Mateo Kovachich («CHelsi»).

Jamoalarning ayni vaqtdagi yaxshi formadagi futbolchilari:

Manchesterliklar tarkibida Raxim Sterling APL doirasida 28 o'yinda maydonga tushib, 2267 daqiqani maydonda o'tkazgan. 9 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, 6 marta golli uzatmani amalga oshirgan.

«CHelsi» jamoasi safida ayni vaqtgacha APLda eng ko'p — 33 ta o'yin o'tkazgan futbolchi Meyson Maunt bo'lib turibdi. Futbolchi jami 2621 daqiqa maydonda to'p surib, 6 gol va 5 golli uzatma muallifi bo'lgan.

Muallifning taxmini

Mazkur uchrashuvning zerikarli(roq) bo'lishini taxmin qilaman (ikki jamoa muxlislari, shuningdek, chiroyli o'yin ko'rmoqchi bo'lganlar meni kechirishsin). Natija 2:1 — «Manchester Siti» foydasiga hal bo'ladi (menimcha). 

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» — «CHelsi» jamoalari ECHL finalida ham o'zaro kuch sinashishadi. Final bahsi esa 29 may kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Manchester City

Champions League Final Stage . final-tur

30/05/2021, 01:00

1
:
0
Tugadi

Chelsea

Kai Havertz - 42'

Stadion: Estadio do Dragao, 14110 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
35'  Ilkay Gundogan
60'  Kevin De Bruyne (Gabriel Jesus)
64'  Bernardo Silva (Fernandinho)
77'  Raheem Sterling (Sergio Aguero)
88'  Gabriel Jesus
39'  Thiago Silva (Andreas Christensen)
42'  Kai Havertz
42'  Mason Mount
57'  Antonio Ruediger
66'  Timo Werner (Christian Pulisic)
80'  Mason Mount (Mateo Kovacic)

Og'abek Samisov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика