So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

Filip Raevac: "Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish" Yangiliklar

Filip Raevac: "Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish"

"Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida o'tgan ketma-ket ikkinchi uchrashuvda g'alabani tantana qildi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari Coca Cola Superliga 6-turida Termizning "Surxon" jamoasini yirik 3:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuvdan so'ng mezbonlarning tajribali hujumchisi, o'yindagi birinchi gol muallifi Filip Raevac fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'z maydonimizda to'p tepishimizga qaramasdan oson o'yin o'tkazmadik. Havo harorati ham juda issiq edi. Bunday sharoitda futbolchilarga oson bo'lmaydi. "Surxon" jamoasi ham munosib qarshilik ko'rsatishga intildi. Ularga nima bo'layotganiga tushunmayapman. Raqib safida tajribali va mahoratli futbolchilar etarlicha.

Karantindan so'ng yaxshi sport formasiga kirib bormoqdamiz. Albatta, gol urib hisobni ochib olganimizdan so'ng bizga bir muncha oson bo'ldi. Bosim yo'qoldi. Kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Ishlab olgan uch ochkoimiz g'alaba uchun tashlangan navbatdagi qadamdir. Biz o'z maydonimizda kechadigan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishni istaymiz. Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish. 

Keyingi turdagi raqibimiz Muborakning "Mashal" jamoasi. Ular ham o'yin uslubi jihatdan "Surxon"ga o'xshaydi. Nasib qilsa yana g'alaba qozonib turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilib olamiz degan umiddaman",- deydi Filip Raevac.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика