FIFA vakili: "CHempionatlarni to'xtatish koronavirusning ikkinchi to'lqinini qaytarishga yordam beradi"
28 apr 2020 22:12
Yangiliklar


FIFA vakili: "CHempionatlarni to'xtatish koronavirusning ikkinchi to'lqinini qaytarishga yordam beradi"
FIFA tibbiy qo'mitasi vakili Mishel D’Xogening aytishiga ko'ra, agarda mavsum davom ettirilmasa, bu ham foydali tomonga xizmat qilar ekan.
"Barchamiz hukumatning qarorlari bilan yashayapmiz. Bu oddiy holat. Futbol bugungi kunda birinchi o'rinda emas. Bunday holatda biz koronavirusning ikkinchi to'lqinini qaytarishni o'ylashimiz kerak. Birorta olim buni rad etmayapti. Futbolni to'xtatishdan maqsad ham shu aslida", - dedi Mishel D’Xoge.
So'nggi malumotlarga ko'ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 3 milliondan oshib ketgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar