FIFA kunlarida Osiyo Kubogi-2019 ishtirokchilari kim(lar) bilan o'ynaydi?

Xayrulla Xoliqov
10 okt 2018, 13:07
Yanvarda BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga ham borgan sari kam vaqt qolyapti.

Ma'lumki, 8-16 oktyabr FIFA kunlari hisoblanadi va bu vaqt oralig'ida ko'plab terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Osiyo Kubogida ishtirok etadigan terma jamoalar ham ushbu kunlardan unumli foydalanishni maqsad qilishgan.

Xususan O'zbekiston milliy terma jamoasi yaqin bir hafta ichida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Vakillarimiz 13 oktyabr KXDR, 16 oktyabr kuni esa Qatarga qarshi bahs olib borishadi. Har ikkala uchrashuv "Milliy" ("Bunyodkor") stadionida bo'lib o'tadi.

16 oktyabrga qadar Osiyoning boshqa jamoalari ham o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Xususan guruhdagi raqibimiz Yaponiya Panama va Urugvayga qarshi bahs olib borsa, Ummon Ekvador bilan kuch sinashadi. Quyida Osiyoda ko'zga ko'ringan terma jamoalarning oktyabr oyidagi o'yinlarini keltirib o'tamiz.

11 oktyabr (Payshanba)
BAA - Gonduras
Iroq - Argentina
Bahrayn - Suriya
Quvayt - Livan

12 oktyabr (Juma)
Yaponiya - Panama
J.Koreya - Urugvay
Qatar - Ekvador
Saudiya Arabistoni - Braziliya

13 oktyabr (Shanba)
Xitoy - Hindiston
O'zbekiston - KXDR

15 oktyabr (Dushanba)
Quvayt - Avstraliya
Saudiya Arabistoni - Iroq
Xorvatiya - Iordaniya

16 oktyabr (Seshanba)
BAA - Venesuela
Eron - Boliviya
Xitoy - Suriya
Yaponiya - Urugvay
J.Koreya - Panama
O'zbekiston - Qatar
Ummon - Ekvador

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia