

Taqvimga ko'ra, "oq bo'rilar"ning raqiblari quyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi:
Kolumbiya terma jamoasi:
– 27 mart: Xorvatiya;
– 30 mart: Fransiya.
Portugaliya terma jamoasi:
– 29 mart: Meksika;
– 1 aprel: AQSH.
Guruhdagi to'rtinchi yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalarning rasmiy o'yinlari e'lon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyida FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qilib, Gabon va Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq FIFA Nigeriyaning etirozini rad etgani bois Kongo DR O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olish uchun kurashni davom ettirishi haqida xabar berilgandi.



