

Turkiyada Eron rasmiylari ham AQSH vizasi bilan bog'liq muammolarni hal qilishga umid qilmoqda.
Antaliyada ikkita o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan: biri 29 may kuni Gambiyaga qarshi, ikkinchi o'yindagi raqib esa yaqin kunlarda aniqlanadi. Shundan so'ng terma jamoa AQSHdagi qarorgohi - Arizona shtatining Tukson shahridagi "Kino" sport majmuasiga jo'naydi.
14 may kuni Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Eron milliy jamoasi hali AQSHga kirish uchun viza olmaganini e'lon qilgandi.
Eron JCH-2026 "G" guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.



