FIFA ijara shartnomalar bo'yicha o'zgartirishlar kiritilganini elon qildi
20 jan 2022 21:43
Yangiliklar
FIFA ijara shartnomalar bo'yicha o'zgartirishlar kiritilganini elon qildi
Ijaraning maksimal muddati 1 yilni tashkil qilsa, eng kam muddat ikki transfer oynasi orasidagi davr bo'ladi. Endilikda futbolchilarni ikkinchi klubdan uchinchi klubga ijaraga berish taqiqlanadi.
Yangi reglamentga ko'ra, klub bir mavsum davomida bir klubning uchdan ortiq futbolchisini ijaraga olishi mumkin emas.
Ijaraga olinuvchi futbolchilarning maksimal soni ham belgilangan: 2022 yil 1 iyuldan 2023 yil 30 iyuniga qadar klublar bir mavsumda 8 nafardan oshiq futbolchini ijaraga bermaydi va olmaydi.
2023 yilning 1 iyulidan 2024 yilning 30 iyuniga qadar bu limit bir mavsum uchun 7 nafar futbolchini o'z ichiga oladi. 2024 yildan boshlab klublar mavsum davomida 6 nafardan ortiq futbolchini ijaraga bermaydi va olmaydi.
Ushbu cheklov 21 yoshdan kichik futbolchilar va klub tarbiyalanuvilariga taalluqli emas.
Fikrlar