Futbolda yangi qoida paydo bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2025, 19:42
Endi darvozabon to'pni qo'lida ko'p ushlab tura olmaydi.

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) agar darvozabon to'pni 8 soniyadan ko'proq ushlab tursa raqib jamoa foydasiga burchak to'pi belgilanishi qoidasini tasdiqladi.

Hozirgi qoidalarga ko'ra bunday vaziyatda hakam erkin zarba belgilashi kerak, ammo amalda ushbu qoida juda kam qo'llaniladi.

Yangilik 2025/26 mavsumdan ishga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: IFAB