So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

FIFA “Buxoro”ga qo'yilgan taqiqni 5 kun ichida olib tashlashi yuzasidan Rahat Japarovga murojaat qildi Yangiliklar

FIFA “Buxoro”ga qo'yilgan taqiqni 5 kun ichida olib tashlashi yuzasidan Rahat Japarovga murojaat qildi

Xabaringiz bor, FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to'lash vazifasini yuklagan edi.

27 yanvar sanasida “Buxoro” futbolchi hisob raqamiga belgilangan summani o'tkazib berdi va FIFAga taqiqni olib tashlash yuzasidan murojaat qilindi. 30 yanvar kuni esa FIFA Rahat Japarovga xat yo'llab, unga agar etirozi bo'lsa, 5 kun muddat ichida bu haqida malum qilishini, yo'qsa, “Buxoro” klubidan taqiq 5 kundan so'ng olib tashlanishini bildirdi.

Bundan tashqari “Buxoro” futbol klubi Marko Milich tomonidan bildirilgan oylik maoshlar bo'yicha qarzdorlikni ham bartaraf qildi.

Ayni vaqtda, “Buxoro” FK tomonidan yuborilgan xatga asosan, klub tojikistonlik sobiq futbolchi hamda murabbiylari Tohir Malado'stov, Daler Kayosov hamda Alisher To'ychiev bilan bog'liq moliyaviy nizoli vaziyatni hal etish bo'yicha ish olib bormoqda. 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика