

Uchrashuvning 48-daqiqasida matraschilar forvardi Joau Feliks moskvaliklar darvozasini ishg'ol etib, musobaqadagi debyut golini urdi. Shuningdek, u Atletikoning Chempionlar Ligasida gol urgan yoshi eng kichik futbolchisiga ham aylandi. 19 yoshli (325 kun) portugaliyalik hujumchi ushbu ko'rsatkich bo'yicha Serxio Agueroning (20 yosh, 106 kun) natijasini yangiladi.




