Fekir qay tariqa "Liverpul"ga o'ta olmaganini aytdi
16 jan 2021 11:32
Yangiliklar
Fekir qay tariqa "Liverpul"ga o'ta olmaganini aytdi
"Betis" xavbeki Nabil Fekir 2018 yilda qanday qilib "Liverpul"ga o'ta olmagani haqida gapirdi.
"Haqiqatni bilmoqchimisiz? To'g'risini aytsam, o'zim ham nima uchun shunday bo'lganini tushunmayapman.
"Liverpul" uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgandim ham. Ammo klubdagilar men bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Bahonalar ko'p bo'ldi. Uzoq yillar oldin tizzamdan jarohat olgandim. Buni hatto unutib ham yuborgandim. Balki shuning uchundir", - dedi Fekir.
Fikrlar