So’nggi yangiliklar

12:48Нима учун МЮ Сульшерни эмас, Кэррикни танлади?  1 12:30Бугунги ўйинлар: "Лондон дербиси", Арбелоанинг "Реал"даги дебюти ва бошқалар  0 12:22Антуан Семеньо "Ман Сити"да 17 йиллик камёб натижани такрорлади  0 12:02Нарзулла Сайдуллаев: "Навбаҳор" Илични 250 минг еврога сотиб олмаган  2 11:44УЕФА "Венгер офсайди" ғояси борасида бир қарорга келганга ўхшайди  3 11:36Хаби Алонсо истеъфосининг тафсилотлари ошкор қилинди  7 10:46Тома Табатадзе: "Қўқон-1912"га қўшилиш ғояси клуб томонидан кўрсатилган қизиқиш, бош мураббийнинг менга бўлган ишончи ҳамда жамоа қўйган мақсадлар туфайли пайдо бўлди"  1 10:18Ёзда "Манчестер Юнайтед"ни бошқариши мумкин бўлган асосий номзод номи маълум  10 09:51Клопп Алонсонинг "Реал"дан кетишига муносабат билдирди  15 09:23Жуд Беллингем ОАВни кескин танқид қилди  4 08:57"Манчестер Юнайтед"да Кэррик даврида биринчи эҳтимолий трансфер номи маълум бўлди — The Guardin  0 08:30Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг ҳимоячилари ҳақида фикр билдирди  6 08:02Трансфермаркт. "Навбаҳор" Ваня Илични қанчага сотиб олгани маълум  11 07:25Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  54 03:29Бундеслига. "Боруссия Д" "Вердер"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Jota va gullar Yangiliklar

Jota va gullar

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogo Jotaning bevaqt o'limi futbol olamini larzaga soldi.

Kechadan beri tarmoqlarda shu gap. Jotaning avtohalokatga uchrab vafot etganini yozmagan nashr, sayt va kanal qolmadi. Voqea joyidan suratlar, video ham berildi. "Liverpul" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Enfild" stadionida Jota xotirasi uchun kichik hudud takshil qilinib, bu erga hamon gulchambarlar qo'yish davom etmoqda.



Jota hali yosh edi, endigina 28ni qarshi olgandi. Garchi uch nafar farzandi bor bo'lsa-da, nikoh to'yini o'tkazganiga atigi 11 kun bo'lgandi. Nimayam derdik, bu taqdir. Jotani yod olib ayniqsa muxlislar jonbozlik ko'rsatayotgani hech kimni befarq qoldirmayapti. Angliyada muxlislik o'zgacha, 30-40 yil oldingi "xuliganlik" davri o'tdi-ketdi. Endi u erda yuqori darajali madaniyat hukm surmoqda.

Jotani xotirlab "Enfild" tomon muxlislar kelishi davom etmoqda. Hatto "Liverpul"ning ashaddiy raqibi "Everton" muxlisi ham kelib gul qo'yib ketgani tarmoqlarda alohida yoritildi. O'sha odamga "Respect" deyishdi. Ko'ryapmizki, futbol o'z yo'liga, qarama-qarshilik o'z yo'liga, lekin inson qadri, tirik bo'lsa hurmati, vafot etsa xotirasi asosiy o'rinda ekan.

Angliyada madaniyat yuqori tus olgan. Ular olamdan o'tganlarni tez-tez xotirlab turishadi. Muxlislar bir-birlariga iliq munosabatda bo'ladilar. Vafot etgan futbol kishisi nomini tribuna, ko'chalar va boshqa joylarga berishadi. Inglizlar shu orqali futbol orqali nom qozongan mashhur nomni abadiylashtirish harakatida bo'ladilar.



Jotaga bo'layotgan hurmat, taziya izhor qilish, uning xotirasini yod olish maqsadida stadionga gullar qo'yib ketilayotgani bejiz emas. Bu inson qadri va xotirasi hamma narsadan ustun ekanini bildiradi. Bu o'zaro hurmatning yuksak darajasini namoyon etadi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Chunki dunyoda Insondan aziz zot yo'q.

Pul, mashina, uy, mansab - bular Inson qadri oldida hech narsa emas. Odam baribir odamga suyanadi va doimo shunday bo'lib qoladi. Jahondagi holatni ko'rib turibmiz, qaerda futbol o'ynalyapti, qaerda urush ketyapti. Odamlar bir-biriga o'q otib halok bo'lyapti. Futbol esa shunchaki sport turi emas, xalqlarni birlashtiruvchi ming bir yo'ldan bittasi bo'lib qolishi kerak.

Chet davlatlarga ko'p borganmiz, chetga chiqqanda Vatan sog'inchi yanada ko'proq bilinadi. Vatan nima ekanini chetga chiqib his qila boshlaysiz. Siz faqat o'yin payti raqib muxlislari bilan "dushman" bo'lasiz, lekin o'yindan oldin va keyin ular bilan yaxshi munosabatda bo'lgingiz keladi. Chunki ular ham bizga o'xshagan odam. Xorijliklar ham bizga kelganda shuni his qiladi.



Afsuski, bizda mehr kamayib ketgandek. Atrofimizga befarq bo'lib qolganmiz. Kimgadir yordam qo'lini cho'zishdan oldin "etti o'lchab bir kesamiz", menga keyinchalik nafi tegramikan deb o'ylanib qolamiz. Olamdan o'tganlar xotirasi tez unut bo'ladi. Yana odatdagidek ishga va hayot tashvishlariga sho'ng'ib ketamiz. Hamma o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qoladi.

Lekin dunyoda yaxshi odamlar bor ekan, inson vafot etsa xotirlash, hayotligida ezozlash aslo "o'lmaydi". Shunday ekan, biz ham o'z yaqinlarimizni to hayot ekan holidan xabar olib, xabar olishga imkon bo'lmasa, birov yo'qlab qo'yish, vafot etganida xotirasini yod etish birlamchi ekanini unutmaylik. Axir bu olamda barchamiz omonatmiz. 


X.Xoliqov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика