Portugaliya prezidenti marhum Diogu Jotani orden bilan taqdirladi

Administrator
3 sen 2025, 23:50
Diogu Jota va Jorje Kosta vafotidan keyin Portugaliyada davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi.

Mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souza sobiq futbolchilarga "Xizmat ko'rsatgan" ordenining komandor unvonini berdi. Mukofotlar ularning yaqin qarindoshlariga topshirilgani Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, mamlakat Bosh vaziri Luish Montenegru Jota va Kostaga "Sport sohasidagi xizmatlari uchun" faxriy belgisini berdi. Ushbu mukofotlar Jotaning xotirasiga o'tkazilgan tadbirda uning yaqinlariga topshirildi. Tadbirda Portugaliya termasi futbolchilari qatnashdi.

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota va uning Portugaliya ikkinchi ligasidagi "Penafiel" jamoasida o'ynagan ukasi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada yo'l transport hodisasida halok bo'lishgandi. "Portu"ning sobiq himoyachisi Jorje Kosta esa 5 avgust kuni yurak xurujidan vafot etdi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.fpf.pt/pt