APL 1-tur o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2025, 15:50
Angliya Premyer-ligasi yangi mavsumi 1-turidan o'rin olgan o'yinlar "Livyerpul"ning vafot etgan vingyeri Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Bu haqda Britaniyaning BBC onlayn nashri xabar byermoqda. Manbaga ko'ra, APLning 1-tur uchrashuvlarida ham futbolchilar qora rangli bog'ichlarini taqishadi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi Ispaniyada ukasi bilan birga vafot etdi. Fojiali voqea 3 iyul kuni sodir bo'ldi. Jota "Livyerpul" safida 2020 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi.

"Qizillar" safida portugaliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi chempioni bo'ldi va Angiya kuboklarini qo'lga kiritdi. Jota Portugaliya tyerma jamoasi bilan UEFA Millatlar ligasi g'olibiga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: BBC