Fekir "Lion"dan klub rahbariyati soqolini olishni so'ragani uchun ketgan bo'lishi mumkin
29 jan 2022 16:04
Yangiliklar
Fekir "Lion"dan klub rahbariyati soqolini olishni so'ragani uchun ketgan bo'lishi mumkin
Hujumchi Nabil Fekir francuz klubi rahbariyatining soqolni olish borasidagi so'rovi sabab 2019 yilda "Lion"dan "Betis"ga o'tgan bo'lishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, "Lion" rahbariyati 28 yoshli franciyalik futbolchidan soqoli Islom dini ramzi sifatida qabul qilinmasligi uchun uni olishni so'ragan.
Fekirga rahbariyatning so'rovi yoqmagan va klubdan ketishga qaror qilgan.
Fekir joriy mavsum "Betis" libosida 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning Sevilya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar