Paulu Fonseka 9 oyga futboldan chetlatildi
06 mar 15:34
Yangiliklar
Paulu Fonseka 9 oyga futboldan chetlatildi
Liga 1 24-turi doirasidagi "Brest"ga qarshi o'yindagi harakatlari tufayli "Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka 2025 yil 30 noyabr sanasigacha diskvalificiya qilindi.
O'yinning oxirgi daqiqalarida hakam Benua Milo mezbonlar darvozasi tomon ehtimoliy penalti belgilash uchun "VAR"da takroriy lavhani ko'rishga yo'l oldi. Bu holat portugaliyalik murabbiyga yoqmadi va Paulu hakamga nimalardir deb baqira boshladi. Referi mutaxassisga qizil kartochka ko'rsatish uchun uning oldiga kelganida ham Fonseka tinchlangani yo'q. Natijada, murabbiy va hakam to'qnashib ketishi (boshlari urilishiga) sal qoldi. Keyinroq Fonseka harakatlari uchun uzr so'radi.
Biroq Paulu 9 oyga diskvalifikaciya qilindi. Murabbiy 15 sentyabrga qadar jamoaning kiyinish xonasiga ham kiritilmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar