

"ESPN" nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga Endrikning ijara shartnomasini 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirish bo'yicha "Real" bilan muzokara boshlash iltimosi bilan chiqqan. Qayd etilishicha, bu transferni amalga oshirish "Lion"dan "hayratlanarli darajadagi say-harakatlarni" talab qiladi. Hozirda futbolchini to'liq sotib olish varianti umuman ko'rib chiqilayotgani yo'q.
Ayni damdagi ijara kelishuvi joriy mavsum yakunida tugaydi va unda futbolchini sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. Hozirda Endrikning maoshini "Lion" va "Real" o'zaro bo'lishib to'lashmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni Endrik "Metc"ga qarshi o'yinda (5:2) xet-trik qayd etgan edi. 19 yoshli hujumchi "Lion" safidagi dastlabki 3 ta o'yinida 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.



