Fonseka: "Adolatsizlik"

Mirjalol Normatov
6 mar 2025, 22:50
"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka uzoq muddatli diskvalifikaciyaga uchragani haqida gapirdi.

Murabbiy "Brest"ga qarshi o'yin yakunlanganidan keyin bosh hakam Benua Miyoga qattiq baqirgan. Yakunda u Fransiyaning barcha ichki turnirlaridan chetlatilgan.

"E'tiborimni bugungi o'yinga qaratishni istayman. Biroq bu qarordan keyin adolatsizlikni his qilyapman. Hakamga tegmaganman va biror jismoniy agressiya namoyish etmaganman.

Men uchun eng asosiysi - klub va ajoyib tarkibimning qo'llab-quvvatlovi. Biz hotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak.

Ha, garchi uzoq muddatli diskvalifikaciya bo'lishidan qatiy nazar ishlashga tayyorman. Biz birgalikda qaror chiqarishimiz va jamoani yanada yaxshilashimiz kerak", - dedi Fonseka.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen/