So’nggi yangiliklar

15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  1 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  10 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  63 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   20 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  28 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  3 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0

"Fede Valverde hikoyasi". Unga Moratani yiqitishni kim aytganligi malum bo'ldi Yangiliklar

"Fede Valverde hikoyasi". Unga Moratani yiqitishni kim aytganligi malum bo'ldi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazilgan musobaqa bir qator esda qolarli vaziyatlarni taqdim etgan edi.

"Atletiko" yarim finalda "Barselona"ga 1:2 hisobida yutqaza turib, 2ta gol urgan holda kambekni amalga oshirgan va finalga yo'l olgan edi. Finalda esa muxlislar "Madrid derbisi"ga guvoh bo'lishdi. "Qirollik klubi" bungacha "Valensiya"ni mag'lub etib finalga etib kelgandi. Poytaxt derbisi kutilganidek murosasiz tarzda kechayotgan edi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va ekstra-taymlarga murojaat qilindi. Federiko Valverde esa 114-daqiqasida chetlatildi. U "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning orqasidan yiqitdi. Agar ushbu vaziyatda qo'pollik ishlatilmaganida, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi vaziyatdan unumli foydalangan holda o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi.

O'yin penaltilar seriyasigacha etib bordi va unda omad "qaymoqranglilar"ga kulib boqdi. "Real" esa chempion. Urugvaylik yarim himoyachi esa qizil kartochka olganiga qaramasdan o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga sazovor bo'ldi.

Valverde yaqinda bergan intervyusida unga Moratani yiqitishida Ramos sababchi bo'lganini aytdi.

"Morataga etib olish uchun orqasidan yugurgandim. Men ikkilanganman, agar uni to'xtatish uchun yiqitsam, to'g'ri ish qilgan bo'lamanmi deb. SHu payt orqadan menga: "O'ldir uni" degan ovoz eshitildi. Bu Serxio Ramos edi", - deydi Valverde.



Oblak: "Valverde bizni yaqqol gol urish imkoniyatimizdan mahrum qildi. O'yin penaltigacha bordi, penalti - bu lotereya. Ular gol urishni uddalashdi, biz esa yo'q. Endi boshni baland ko'tarish va o'ynashni davom ettirish kerak. O'sha folni ko'rish yoqimsiz edi. Bu haqiqiy qizil kartochka. U bunday qarori orqali bizni gol urish imkoniyatidan mahrum qildi. "Real" o'yinchilarini tabriklayman. Biz ushbu kubokni yutmoqchi edik, ammo omadimiz kelmadi". 


Simeone: "Aynan u o'yinni yutdi. Bu Valverde uchun muhim vaziyat edi. Men unga xavotir olmasligini, uning o'rnida boshqasi bo'lganda ham shunday qilishini aytdim".


Valverde: "Albatta, men bunday qo'pol o'ynamasligim kerak edi. Men Moratadan uzr so'radim. Bu men qilishim mumkin bo'lgan yagona ish edi. Butun boshli murabbiylar shtabi meni qo'llab-quvvatladi. Simeone ham majbur bo'lmasada bu haqda menga gapirdi".



Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика