So’nggi yangiliklar

09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  0 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  3 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  2 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  9 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  16 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  10

Fayzullo Ahmedov: “Haqqulobodga katta futbolni qaytishida, tumanimiz mutasaddilarining istagi yuqori bo'ldi” Yangiliklar

Fayzullo Ahmedov: “Haqqulobodga katta futbolni qaytishida, tumanimiz mutasaddilarining istagi yuqori bo'ldi”

Teglar :  Norin
O'z vaqtida birinchi ligada ishtirok etgan Namangan viloyati, Haqqulobodning tumani jamoasi “Norin” kelasi yil birinchi ligada ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritdi.

Bundan 18 yil oldin jamoa quyi ligaga tushib ketgach, go'yoki futbol hech kimga kerak emasdek bo'lib qolgandi. Ammo bu yil jamoa yana o'zini qaddini tiklashni boshladi. “Norin”ga ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Fayzullo Ahmedov ustozlik qilmoqda. Oliy ligada so'nggi bor “Metallurg” sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi, endilikda o'zini murabbiylikda sinab ko'rmoqchi. Xaqulobdliklar birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritganidan so'ng, Ahmedovni suhbatga chorladik.

- Avvalo tumanimizga yana katta futbol qaytgani munosabati bilan rahbariyat va jamoamiz ishqibozlarini tabriklayman. Bu yil tumanimizdagi “Norin-Teks” ig-egiruv korxonasi rahbarlarining tashabbusi bilan “Norin” jamoasini qaytadan tikladik va yil davomida viloyat ikkinchi liga bahslarida ishtirok etdik. Qolaversa tumanimiz hokimi Azamjon Sultonovning ham bizga berayotgan daldasi va amaliy yordami ham sezilarli ravishda bo'layotganini aytib o'tmoqchiman.

- “Norin”ni qayta tiklash va munosib jamoa tuzish vazifasi taniqli sobiq hakam Rustam Hamidov ikkimizga topshirildi. O'z vaqtida Rustam aka ham “Norin”da o'ynagan va futbolda orttirgan boy tajribasi bilan endilikda bizga ko'mak bermoqda.

- Viloyat chempionatida jamoamiz umuman mag'lubiyatga uchramadi va chempionlikni qo'lga kiritdik. Oldimizda turgan eng asosiy vazifa ham aslida 1-o'rinni qo'lga kiritib, pulka bahlarida ishtirok etishdan iborat edi.

- Farg'onada o'tgan pulka haqida fikrlarim ijobiy. U erda yanada jiddiy raqiblarga qarshi o'ynashimizga to'g'ri keldi. SHunga qaramay rahbariyatimizning ishonchini oqladik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular astoydil xarakat qildi. 


- Oldimizdagi asosiy maqsadni bajardik. Endilikda bu bilan to'xtab qolish yaramaydi. Kelasi yil “Norin”ga oson bo'lmasligini hozirdan yaxshi tushunib turibmiz. Buning uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rib, tarkibni etakchi ijrochilar bilan kuchaytirish talab etiladi.

- Endi futbolchilarga yanvar oyiga qadar tatil beramiz. Nasib qilsa 5 yanvardan yig'ilib, tayyorgarlikni boshlab yuboramiz. Rejamizga ko'ra fevral oyida Farg'onada o'tkaziladigan ananaviy turnir – Hokim Kubogi musobaqasida va Toshkentda tashkil etiladigan PFL Kubogida ishtirok etishni maqsad qilganmiz. O'ylaymanki unga qadar tarkibimiz yanada kuchaytiriladi.

- Futbolchilikni yakunlagach, malum muddat uyda dam oldim. Yaqinda Andijonda tashkil etilgan “S” murabbiylik licenziyasiga o'qidim. Kelasi yil murabbiylar shtabida kim bo'ladi? Yonimda tajribali Rustam Hamidov bor. Qolaversa mahalliy murabbiy Solijon O'rmonov ham ko'maklashmoqda. CHetdan boshqasini olib kelishga xojat yo'q deb o'ylayman.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, tumanimiz hokimi futbolga qiziqadi va jamoamizga etibor qaratmoqda. Pulkada g'olib bo'lganimizdan xursand bo'lib, tabrikladi. Qolaversa klubimiz tepasida turgan kishilar millionlar o'yinining ashaddiy ishqibozlari sanaladi. O'ylaymanki ularning ishonchini kelasi yil ham oqlab, Haqulobodda kurashchan jamoa tuzamiz. Rahbariyatning maqsadi jiddiy.

- Tumanimizda futbol maktablari bor. Endilikda ular ham asosiy jamoaga o'tishga xarakat qilishlari mumkin. Bungacha jamoa bo'lmay, iqtidorlarga bo'lgan etibor susayib ketgandi.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика