Faxriylar turniri tugadi. "Olmazor" - chempion!
16 jan 2022 20:06
Yangiliklar
Faxriylar turniri tugadi. "Olmazor" - chempion!
Jami 16ta jamoa qatnashgan ushbu turnir O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil qilindi.
Bugun Toshkent shahar futbol akademiyasi maydonida dastlab 3-o'rin uchun bahs, so'ngra hal qiluvchi final o'yini o'tkazildi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda "Intersport" "Polyot" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:0 hisobida zafar quchdi va bronza medallarga ega chiqdi.
Final uchrashuvida "Olmazor" va "Billur" jamoalari o'zaro to'qnash kelib, bunda "Olmazor" futbolchilari 3:0 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. "Billur"ga esa ikkinchi o'rin nasib etdi.
16 yanvar. TFA stadioni
3-o'rin uchun bahs. "Intersport" - "Polyot" 6:0
Final. "Olmazor" - "Billur" 3:0
Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. SHuningdek, eng yaxshilar ham taqdirlandi.
Eng yaxshi darvozabon - Odiljon Ro'ziev ("Billur")
Eng yaxshi to'purar - Baxtiyor Salimov ("Olmazor", 7ta gol)
Musobaqaning Eng yaxshi futbolchisi - Qahramon Muhammedov ("Olmazor")
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqaning bosh tashkilotchisi O'zbekiston "VETERAN" jangchi-faxriylar birlashmasi bo'lib, turnir Toshkent shahar futbol associaciyasi, Mudofaa Vazirligining faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o'tkazildi.
Fikrlar