So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  0 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5

Faxriddin Alimov: "Yangier"ga barchasi uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Faxriddin Alimov: "Yangier"ga barchasi uchun rahmat aytaman"

Joriy mavsumni dastlab Samarqandning "Dinamo" klubida boshlagan va davralar oralig'ida "Yangier" safiga qo'shilgan hujumchi Faxriddin Alimov saytimizga qisqacha intervyu berdi.

"Yangier" - "Aral-Samali" (2:0) uchrashuvi haqida


- "Aral-Samali"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida aytadigan bo'lsam, mavsumning so'ngi o'yinida havoning sovuqligiga qaramasdan bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Biz ular uchun o'ynashimiz va g'alaba qozonishimiz shart edi. Nukusliklar bilan juda qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. 

Ushbu uchrashuvning ikkinchi bo'limida zaxiradan o'yinga qo'shildim va gol urdim. Albatta, jamoamiz g'alabasi uchun o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Barcha muxlislarimizni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman.

- Faxriddin, ayni damda sizning "Dinamo" klubi bilan shartnomangiz mavjud. Samarqandliklar joriy mavsum yakunlariga ko'ra Superliga yo'llanmasiga ega chiqishdi. Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- Avvalo davralar oralig'ida meni o'z jamoasiga taklif qilgan "Yangier" bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, mavsum davomida jamoani yolg'izlatib qo'ymagan va hamisha qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga barchasi uchun rahmat aytaman. 

Hozirda meni o'z jamoasida ko'rishni istagan 3-4 ta futbol klublaridan takliflar bor va endilikda ularni ko'rib chiqishga tayyorman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика