So’nggi yangiliklar

10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  0 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  5 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  1 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2

Farruh Zokirov: “Birinchi tur uchun qo'yilgan vazifani bajara olmadik” Yangiliklar

Farruh Zokirov: “Birinchi tur uchun qo'yilgan vazifani bajara olmadik”

Futzal bo'yicha Oliy liganing navbatdagi mavsumi start oldi. 1-turda Farg'onaning “Neftchi” klubi 1ta durang hamda 2ta mag'lubiyatga uchradi. Xo'sh, jamoaning dastlabki turdagi natijalari borasida bosh murabbiy Farruh Zokirov qanday fikrda?

- Oliy liganing starti yaxshi boshlandi. “Neftchi”ning asosiy maqsadi Oliy ligada qolish. CHunki tarkibni u qadar kuchaytira olmadik. Asosan ko'cha futbolidagi bollarni taklif qildik. Yoshlar terma jamoasidan ikki nafar darvozabonni oldik. Ularni futzalga o'rgatish hisoblanadi. Ortda qolgan turda kamida 4 ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmadik. Asosiy darvozabonimiz Elyor Domlaev bazi sabablarga ko'ra, ilk turni o'tkazib yubordi. Natijada, yosh darvozabonlarga imkoniyat berdik. Ming afsuski, yoshlarimizga tajriba etishmadi. Deylik, chempionatdagi BMB, “Jizzax-Kenteks” va AGMKdan boshqa jamoalarning imkoniyati teng deb hisoblayman.

To'g'risi, jamoamizning moliyaviy holatini boshqalarnikiga solishtirib bo'lmaydi. Bizda u qadar katta mablag' yo'q. Aytaytlik, jamoamizda faqat maosh tizimi mavjud. Qo'lga kiritilgan g'alabalarga alohida mukofot pullari berilmaydi. Agarda jamoamizda moliyaviy imkoniyatlarimiz barqaror holatga keltirsak, “Neftchi” futzal jamoasini kuchaytirsa bo'ladi. Ayni vaqtdagi maqsadimiz – yoshlarni tarbiyalash va ularni terma jamoalarga etkazib berish hisoblanadi", - dedi Farruh Zokirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика