So’nggi yangiliklar

08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  0 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  10 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  4 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  10

Farruh Turdaliev: "Boshqa jamoalarga hurmatni saqlagan holda "Neftchi"ning imkoniyatlarini yuqori baholayman" Yangiliklar

Farruh Turdaliev: "Boshqa jamoalarga hurmatni saqlagan holda "Neftchi"ning imkoniyatlarini yuqori baholayman"

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga musobaqalari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga jamoalari futbolchilari bilan intervyular tashkil etishmoqda. Quyida Farg'onaning "Neftchi" klubi etakchi futbolchilaridan biri Farruh Turdaliev bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Farruh, ayni damda "Neftchi" mashg'ulotlari qay tarzda o'tmoqda?


- Mashg'ulotlarimiz karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan xolda olib borilmoqda. Kerak bo'lsa, klubimiz qarorgohida barcha jamoamiz azolari qolib mashg'ulotlarni tashkil etmoqdamiz. Klubimiz murabbiylar shtabi bizni har uchrashuvda g'alaba uchun tayyorlamoqdalar.

Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida koronavirus infekciyasiga test topshirdik, shukri, barcha jamoamiz azolari sog'lom ekan.

- PRO-Liga klublari orasida qaysi jamoalarning chempionlikka imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?


- Hozircha endigina 3 ta tur o'tkazdik, shu sababli qaysidir jamoani alohida aytish qiyin. Boshqa jamoalarga hurmatni saqlagan xolda "Neftchi"ning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Nasib bo'lsa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasiga ega chiqamiz.



- Bugunga qadar PRO-Ligada 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Oq-tepa" bilan safarda kechgan uchrashuvda durang, "Dinamo" va "Xorazm" mag'lub etildi. SHu o'yinlar haqida nimalarni ayta olasiz?


- O'tkazilgan 3 ta tur mobaynida raqiblardan ustun ekanligimiz yaqqol ko'rindi. Buni qayd etilgan natijalar ham aytib turibdi. Safarda "Oq-tepa" bilan bo'lgan uchrashuvda 5-6 ta golli vaziyatdan foydalana olmadik, aks xolda hisob butunlay boshqacha bo'lardi. O'yin oxiridagi penalti tufayli g'alabani qo'ldan chiqardik.

- Pandemiya davrida PRO-Ligani markazlashtirilgan xolda o'tkazish fikriga munosabatingiz qanday?


- Bu savolni klub rahbarlari va murabbiylarimizga berganingiz maqul. Biz qachon va qaerda bo'lsa ham futbol o'ynashni istaymiz, "Neftchi" nomidan faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Bir necha yillardan beri "Neftchi" tarkibida faoliyat olib borasiz. Quyidagi darvozabonlar orasidan qaysi birini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz? G'ayrat Hasanov, Xislat CHilmatov, Yuriy Coy...


- Bu darvozabonlarning hech birini alohida ajratib ko'rsatish qiyin. Har birining o'ziga xos ustun tomonlari bo'lgan, jamoamizning ko'plab g'alabalariga o'z hissalarini qo'shishgan.

Bugungi kunda Xislat aka CHilmatov bizga murabbiylik qilmoqda, yaxshi do'stmiz. U kishidan ko'p narsalarni o'rganib kelmoqdaman. G'ayrat aka Hasanov bilan aka-ukadekmiz, ko'p gaplashib turamiz.

- Futbolchi sifatidagi maqsadlaringiz qanday? Bugunga qadar nimalarga erishdingiz, nimalarga endilikda erishmoqchisiz?

- Futboldagi vazifam yakuniga etguniga qadar faqat olg'a intilaman. Faoliyatimda turli past-balandliklar bo'ldi, tan olish kerak. Lekin doim o'z ustimda ishlashga, o'sishga intilganman. Ruslarda "opyt godami" degan ibora bor. Men ham 5-6 yil oldingidan ko'ra hozir boshqacha fikrlayapman. Bejizga bu iboralar aytilmagan.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика