Farruh Sayfiev: "Birinchi taymda ham ikkinchi bo'limdagi o'yinni ko'rsatishimiz kerak edi"
20 okt 2018 21:27
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Birinchi taymda ham ikkinchi bo'limdagi o'yinni ko'rsatishimiz kerak edi"
"Paxtakor" himoyachisi Farruh Sayfiev "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- "Derbiga xos o'yin guvohi bo'ldik. Bizni qiyin qarama-qarshilik kutib turganini to'g'ri anglab turgandik. Tanaffusdan so'ng jamoamiz o'z o'yinini namoyish etdi. Agarda shuni birinchi bo'limda ko'rsatganimizda, hammasi boshqacha bo'lardi. Etarlicha vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanishga kelganda omad bizdan yuz o'girdi. "Lokomotiv" ham yaxshi shakllangan jamoa. Biz esa vaziyatni keyingi o'yinlarda to'g'rilashga harakat qilamiz", - dedi Farruh Sayfiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar