So’nggi yangiliklar

21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  0 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  1 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  0 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  5 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  56 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  5

Farhod Tojiev: “Olmaliq” jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdim" Yangiliklar

Farhod Tojiev: “Olmaliq” jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdim"

"Olmaliq" - "Neftchi" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Farhod Tojiev o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Farg'onaning “Neftchi” jamoasi juda kuchli shuning uchun jamoadoshlarim bilan jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ayni damda barcha jamoalar singari bizda ham yig'in o'tkazilyapti, barcha futbolchilar yuklama bilan o'yin o'tkazyapti. O'ylashimcha bugungi o'yin barcha uchun qoniqarli bo'ldi, g'alabaga erishganimiz undanda yaxshi bo'ldi. Bugungi o'yindan xulosamiz, futbolchilarning holati yaxshi. Menga ham qiyin jarohatdan so'ng endi kerakli sport formamga tushyapman. Men qo'llab – quvvatlab turishgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- Tayyorgarlik jarayonida nimalarga ko'proq etibor qaratyapsizlar?
- Hozirgi kunda jismoniy tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratyapmiz, sababi oldingi sport formamizni tiklab olish. Kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz, ertalab jismoniy mashg'ulot bo'lsa kechki payt to'plar bilan ishlayapmiz. Iloji boricha barcha narsalarga etibor qaratilyapti.


-  Bilamizki siz Malayziya chempionatida to'p tepib qaytdingiz. O'zbek futboli bilan Malayziya futboli o'rtasida qanchalik farq bor?
-  Malayziya futbolining chempionati unchalik kuchli emas, bizning futbol bilan deyarli bir xil desa ham bo'ladi. Sababi u erda ham kuchli legionerlar to'p tepadi. Boshqa davlatlar chempionatiga borsangiz o'zingizni sinaysiz. CHunki biz chet elda legioner sifatida to'p tepib keldik. Legioner bo'lsangiz sizga nisbatan boshqacha ko'z bilan qarashadi, sababi legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh baland bo'lishi kerak. O'zimizni ko'rsatish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. O'zbekiston chempionatidan qolishmaydi, u erda ob – havosi juda og'ir. Hamma oson deb o'ylaydi lekin boshqa chempionatda futbol o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Legionar bo'lganingizdan kegin  mashg'ulotlarda ham qolgan futbolchilarga nisbatan ikki baravar ko'p ter to'kishingiz kerak.

- Malayziya chempionati sizni qoniqtirdimi?
- Malayziya chempionati juda ham qiziq, sababi O'zbenkiston chempionatida “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” jamoalari boshqa jamoalarga qarshi o'ynaganda bu jamoalar bemalol g'alaba qozonadi. U erda esa umuman boshqacha, so'nggi pog'onadagi jamoa, chempionatda peshqadamlik qilayotgan jamoani ham engishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda chempionat menga yoqdi.



- Klubdanmi yoki boshqa jamoalardanmi sizga boshqa taklif bo'lmadimi?   
- Takliflar bor lekin men hozirgi holatimda u erda yana to'p tepishga tayyor emasman, chunki katta jarohat olganimdan so'ng sekin asta o'zimga kelyapman. Lekin takliflar yo'q emas.

- “Olmaliq” jamoasi bilan kelishuvga erishdingizmi?
- Klub bilan hozircha shartnoma imzolamadim, lekin rahbariyat bilan og'zaki kelishuvga erishganman.
   

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика