So’nggi yangiliklar

22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  2 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  5 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  21 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  2 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Farhod Magometov: "O'smirlar va yoshlar futbolida ijobiy natijalarga erishib kelyapmiz" Yangiliklar

Farhod Magometov: "O'smirlar va yoshlar futbolida ijobiy natijalarga erishib kelyapmiz"

Teglar :  Farhod MagometovPFL
O'FF anjumanlar zalida o'tkazilgan mavsum yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish hamda qura tashlash marosimidan so'ng biz PFL bosh direktori Farhod Magometovdan eksklyuziv intervyu oldik.

SHuni aytish kerak-ki, Farhod Abdualievich biroz ikkilanishlardan so'ng intervyu berishga rozilik berdi.

- Farhod Abdualievich, ortda qolgan futbol mavsumidan shaxsan sizning ko'nglingiz to'ldimi?


- Bilasizmi, bu savolga muxlislar javob berishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. CHunki faqat ular xolis bahoni bera olishadi. Men hozir yig'ilishda o'z fikrimni bildirdim. Ijobiy va salbiy jihatlariga to'xtaldim. Eng katta kamchiligimiz bu shubhasiz stadionlarga muxlislarning tashrifi bo'ldi. Stadionlarga sezilarli darajada tomoshabinlar kam kelishdi. O'sha paytda amaldagi chempion bo'lgan Paxtakorning SHo'rtan bilan bo'lib o'tgan uy uchrashuviga 200 nafar atrofida muxlisning kelganini qanday izohlash mumkin? Umuman olganda, Toshkentda o'tkazilgan o'yinlarga tomoshabinlarning tashrifi keskin kamayib ketgan. Kamchiliklardan yana biri bu o'yinlar sanasining o'zgarishi. Bilasizmi, biz ham hadeb o'yinlar sanasiga o'zgartirish kiritilishining tarafdori emasmiz. Klublarimizning OCHLdagi o'yinlari, milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash bosqichidagi uchrashuvlari sababli ayrim tur o'yinlariga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldik. SHu o'rinda yana bir katta kamchilikni aytishim kerak. Ayrim klublarimizda hali hanuz o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlamayotgan xodimlar saqlanib qolyapti. Bir kishi uch xil yo'nalishdagi mutaxassisning ishini bajaryapti. Matbuot kotibi tashkiliy masalalar bilan shug'ullanib yuribdi. Bu holatlarga ham yangi mavsumda chek qo'yiladi. Endi yutuqlarga kelsam, birinchi galda maydonlarning holatini aytgan bo'lardim. Bugungi kunda 10-12ta stadionimiz OFKning A toifasi talablariga to'liq javob beradi. OFK inspekciyasi ham yurtimizga tashrif chog'ida stadionlar va ularning maydon maysasi holatiga yaxshi baho berishdi. Andijon va Qo'qon-1912 jamoalariga tegishli stadion chimlari haqida bunday fikr bildira olmayman. Ayniqsa, erta bahor va kech kuzda maydonlar qoniqarsiz holatga kelib qoldi.


- Klublardan muxlislarni stadionga qaytarish haqida fikrlarini so'radingiz. Bu borada PFLning ham o'z strategiyasi bormi?

- Albatta bor. Mana 5 yildirki, PFL qoshida klublarni licenziyalash bo'limi faoliyat yurityapti. Yildan-yilga stadionlardagi holat ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda. Stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun zarur sharoitlarni yaratib berish bo'yicha yutuqlarga erishildi. Endi bilasizmi, qars har doim ikki qo'ldan chiqqan. Muxlislarni stadionga qaytarish uchun klublarning o'zlari ham harakat qilishlari kerak. CHiroyli futbolning hamisha shaydolari bo'lgan. Sekin-astalik bilan bo'lsada, o'tkinchi uchrashuvlarni kamaytiryapmiz.

- O'tgan mavsum OCHLda 3+1 ko'rinishidagi o'ringa ega edik. Kelasi mavsum uchun esa bizga 1+2 limiti taqdim etildi. Bu futbolimizga berilgan bahomi? Buni PFL rahbari sifatida qanday qabul qildingiz?


- Endi bu OFKning qarori. Buni boricha qabul qildik. Yil davomida jamg'arilgan ballar bo'yicha shuncha o'ringa loyiq ko'rildik. Klublarimiz 2017 va 2018 yilgi mavsumlarda 1+2 limiti bo'yicha OCHLda ishtirok etishadi. Kelasi yillarda ballarimizni oshirib borsak, 2019 yilgi mavsumdan yana avvalgidek ko'proq o'rinlarga ega bo'lamiz, deb umid qilaman. Yildan-yilga OFKning talablari oshib boryapti. Rejaga ko'ra OCHLning geografiyasi kengaytiriladi. Tabiiyki, ayrim davlatlardan o'rinlar olib qo'yilib, yangi qo'shilgan davlat klublariga taqdim etiladi. OFK klublar o'rtasidagi qitaning eng nufuzli musobaqasiga jiddiy etibor qaratishni boshladi. Kelasi yili g'olib jamoa mukofot tarzida 3 mln. AQSH dollarini qo'lga kiritadi. Har bir g'alaba uchun beriladigan summa ham oshirildi.

- Yangi mavsumda murabbiylarga ham jiddiy talablar qo'yilishini aytdingiz...

- Xuddi shunday. Bundan buyon PRO guvohnomasiga ega bo'lmagan murabbiy oliy liga jamoasini boshqara olmaydi. Bu bizning emas, OFKning talabi. Menejer degan lavozim bo'lmaydi. Agar klublar talabimizga javob bermasa, o'sha jamoalar oliy liga o'yinlariga qo'yilmaydi.



- Yoshlar ligasida o'zgarishlar amalga oshirilmaydimi?

- Yo'q. Bu borada o'zgarish qilishga hojat yo'q. Yoshlar futboliga etibor bizda yaxshi, deb ayta olaman. O'smirlar va yoshlar futbolida ijobiy natijalarga erishib kelyapmiz. SHu bois, o'tgan yillarda bo'lgani kabi format asosida Yoshlar ligasini o'tkazamiz.

- Bizdagi malumotlarga qaraganda, Paxtakorning chempionligi uchun vada qilingan mukofot summasi hali hanuz berilmabdi. Bu malumot qanchalik haqiqatga yaqin?


- Buni inkor etmayman. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Klubdagilar ham bundan xabardor. Lekin bu mavzuga biz hali yana qaytamiz.

- Yangi mavsum uchun mo'ljallangan badal pullari miqdori belgilandimi yoki o'tgan yilgi summa 2017 yilda ham amalda bo'ladimi?


- 30 dekabrgacha bu masalaga oydinlik kiritamiz. Hozir sizga aniq malumot bera olmayman.


Reyting: -58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика