Farhod Bekmurotov: “Hisob yanada yirik ko'rinish olishi ham mumkin edi”
20 mar 2016 15:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202093_original.jpg)
![](/upload/storage/202093_220.jpg)
Farhod Bekmurotov: “Hisob yanada yirik ko'rinish olishi ham mumkin edi”
- Bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki raqib ham o'z muxlislari qarshisida ularni xursand qilish uchun astoydil o'ynashlari aniq edi. Lekin “Andijon” Jizzaxga faqata g'alaba uchun kelgandi. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng yutqazishga haqqimiz yo'q edi. Buni barcha futbolchi yaxshi tushunib turgandi. Qolaversa murabbiyimiz ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz zarurligini uqtirdi.
- Birinchi liga jamoalari bilan o'ynash elita vakillariga doimo qiyin bo'lgan. Xudoga shukur, niyatimizga etdik. Endi “Qizilqum” bilan o'yinga ham astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Keyingi maqsadimiz ¼ final bosqichiga chiqish.
- “Zomin”ni tajriba va omad evaziga mag'lubiyatga uchratdik deb o'ylayman. Omadimiz kelib ikkita gol urdik. Lekin vaziyatlardan to'liq foydalana olganimizda, hisob bundan-da yirik ko'rinish olishi ham hech gap emasdi, - deydi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar