So’nggi yangiliklar

08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  0 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  8 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  6 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  9 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  10 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2

Farhod Nishonov: "Jahon chempionati yo'llanmasi O'zbekistonda futbolning rivojiga juda katta hissa qo'shadi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Jahon chempionati yo'llanmasi O'zbekistonda futbolning rivojiga juda katta hissa qo'shadi"

Farg'onada tashkil etilgan O'zbekiston va Rossiya (0:3) yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov saytimizga intervyu berdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Rossiya terma jamoasini o'rganib chiqdik. Juda kuchli terma jamoa. O'yinni yaxshi boshladik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng ham ustunlik biz tomonda edi. Qizil kartochka o'yin taqdirini hal qildi desak ham bo'ladi. 

- Birga-bir vaziyatlarda ham raqib darvozasi ishg'ol qilinmadi. Bu yosh futbolchilarning mahorati bilan bog'liqmi?

- Bu tajriba bilan bog'liq. Shunaqa o'yinlar orqali yosh futbolchilar tajribasini mustahkamlab boradi. Albatta, keyingi o'yinlarda ushbu futbolchilar raqiblar darvozasiga ketma-ket gollarni ura olishlariga ishonamiz.

- Oradan 3 kun o'tib Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazasizlar. Bu o'yinda jamoa tarkibida rotaciyalarga qo'l urasizmi?

- Tarkibda rotaciyalarni doimiy amalga oshirib borayapmiz. Ko'p futbolchilarga imkoniyat berdik. Kimdir ilk bor terma jamoaga keldi, kimdadir turli sabablar bilan orada uzilish bo'pqolgan. O'z klubida asosiy tarkibda ko'rinishni boshlagan futbolchilarni jalb qilayapmiz. Faqat yoshlar ligasida o'ynab Rossiya kabi kuchli jamoalarga qarshi o'ynash qiyin. Buni maydonda ham ko'rdik. Ishonaman, ushbu futyuolchilar sekin-sekin o'zlarini nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishadi.

- Bu intervyu saytimizda ayni BAA - O'zbekiston uchrashuvi davom etayotgan vaqtda chiqadi. Bu o'yin haqida qanday fikrlaringiz bor?

- Bugunning asosiy mavzusi albatta O'zbekiston milliy terma jamoamizning o'yini edi. Biz juda hohlaymiz, bugun jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilishini barcha chin yurakdan istaydi. Jahon chempionati yo'llanmasi O'zbekistonda futbol sport turining rivojiga juda katta hissa qo'shadi. Buni futbolchilarning o'zlari ham his qilib turishibdi. Hozir ularga hech qanday ortiqcha motivaciya kerak emas. Masuliyatni barcha futbolchilar sezib turishibdi. Terma jamoamizga omad tilaymiz, nasib bo'lsa bugun O'zbekiston jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика