Farg'onada O'zbekiston - Rossiya uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi
03 iyu 14:55
Yangiliklar


Farg'onada O'zbekiston - Rossiya uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi
Farhod Nishonov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Farg'ona shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.
Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz Rossiya olimpiyachilariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi.
Bugundan "Istiqlol" stadioni kassalarida 5 iyun kuni soat 18:00da boshlanadigan O'zbekiston - Rossiya uchrashuvi uchun kirish chiptalari sotuvi boshlandi. Chipta narxlari 20 ming so'm etib belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar