"Manchester Siti" 70 mln. evroga yarim himoyachi sotib oldi
11 iyu 13:15
Yangiliklar


"Manchester Siti" 70 mln. evroga yarim himoyachi sotib oldi
"Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Teyani Reyndersni xarid qilganini elon qildi.
Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi "shaharliklar" bilan 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, "Manchester Siti" "Milan"ga bonuslar bilan 70 million evro to'lashi elon qilingan edi. Transferning asosiy summasi – 57 million evro.
Reynders Italiyada ikki mavsum o'ynadi. O'tgan A Seriya mavsumida Teyani 37 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar