So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  90 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Farhod Abdumavlonov: "Bizga ishongan barcha yurtdoshlarimizdan minnatdormiz" Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: "Bizga ishongan barcha yurtdoshlarimizdan minnatdormiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatidagi ishtirokiga yakun yasadi.

Bugun o'tkazilgan 3-tur uchrashuvida Xose Mariya Mendez shogirdlari Portugaliyaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. O'yindan so'ng terma jamoamiz azosi Farhod Abdumavlonov bilan bog'landik va uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun avvalo yutuq uchun maydonga tushgan edik, chunki faqatgina g'alaba bizni nimchorak finalga olib chiqardi. Bosh murabbiyimizdan kerakli ko'rsatmalarni olib birinchi bo'limda teng kurash olib bordik deb o'ylayman. Ammo, himoyada pala-partish xatolarga yo'l qo'ydik va tanaffusgacha o'z darvozamizdan 2ta to'p olib chiqdik Ikkinchi bo'limda esa tan olish kerak Portugaliya sardori Rikardino o'z darajasini namoyish etdi. Aynan uning say-harakatlari evaziga Portugaliya bizni mag'lubiyatga uchratdi.

O'ylaymanki, bu biz uchun oxirgi Jahon chempionati bo'lib qolmaydi. Bizga ishongan va qo'llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Farhod Abdumavlonov.


Tolibjon Qosimov yozib oldi
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика